• “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”
  • MMIBDO’:________________________ Sana:_________________________ 7-Mavzu:“Halollik.
  • MMIBDO’:________________________ Sana:_________________________
  • Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur”
  • Tilingga ehtiyot bo`l. Rost yo`lda yengiltaklik qilma. Motrudiy
  • Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash. MMIBDO’:________________________ Sana:_________________________
  • Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi




    Download 10,05 Mb.
    bet4/19
    Sana02.01.2020
    Hajmi10,05 Mb.
    #8239
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.

    MMIBDO’:________________________


    Sana:_________________________

    6-Mavzu:“Tilga e'tibor elga e'tibor (filologiya fanlari oyligi doirasida).

    Kun shiori: “Til – millat ko`zgusi”



    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tilga e’tiborni kuchaytirish, fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”



    Cho`lpon

    O`qituvchi:

    Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta`riflanishi bejiz emas, albatta.

    Uzoq yillar davomida o`zbek adabiyotini to`g`ridan-to`g`ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan iste`dodli o`g`il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog`liq bo`lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo`lur edi.

    Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi.

    (Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch)



    Topshiriq: “Men biladigan shoir va yozuvchilar” mashqi.

    Shoirlar

    Yozuvchilar






    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    MMIBDO’:________________________

    Sana:_________________________

    7-Mavzu:“Halollik.

    Kun shiori: “Til – millat ko`zgusi”



    Maqsad: O`quvchilarni halollikga o’rgatish

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ohiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.Bugungi das mavzusi bilan o`quvchilarni tanishtiraman.Ertakni so`zlab beraman.O'tgan zamonda bir dehqon bo'lgan ekan. Uni kambag'al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi Dehqon yerning bir chekkasini kambag'al oshnasiga sotibdi.

    Yerni olgan odam bir qalin og'aynisidan ho'kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o'sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag'al dehqon: ilgari bu yerda daraxt bo'lgan, uning to'nkasi qolib ketgan, shekilli", deb o'ylabdi.

    U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to'la tilla emish. Deh­qon yerning qolgan qismini ham haydab, urug' sepibdi. So'ng ho'kizlami egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko'tarib, to'g'ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi.

    U oshnasiga:



    - Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o'zingizga olib keldim, - debdi.
    O`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilaman:

    1. Boy dehqon nima uchun o'z yerini sotibdi?

    2. Kambag'al dehqon va uning oshnasi nima uchun donishmand huzuriga borishibdi? Donishmand ularga qanday maslahat beribdi?

    3. Siz nima deb o'ylaysiz, kambag'al dehqon to'g'ri ish qildimi?



    Topshiriq: Mavzu asosida insho yozib kelish



    MMIBDO’:________________________

    Sana:_________________________

    8-Mavzu:“Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

    Kun shiori: Til shirinligi – ko`ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.



    Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur”

    Alisher Navoiy



    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z ona tiliga bo`lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro`sini ko`tarishni ular ongiga singdirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: Tilingga ehtiyot bo`l.



    Rost yo`lda yengiltaklik qilma.

    Motrudiy

    O`qituvchi:

    O`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi.

    Lekin ona tilimizni bilish yo`lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo`yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto`g`ri bo`lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do`st bo`lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.

    Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi. O`zbeklar o`zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo`lishiga qaramay, o`z ona tilini hurmat qiladi.

    (O`zbekiston SSR Oliy Sovetining o`n birinchi sessiyasida so`zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr)

    Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.

    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.

    Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.

    Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash. MMIBDO’:________________________

    Sana:_________________________

    9-Mavzu:“Sog‘liging o‘z qo‘lingda”

    Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

    Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».

    Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.

    Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptir ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.

    ISTAK BO‘LSA KIFOYA

    Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.

    Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda.

    Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.

    Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.

    Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.

    Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.

    TETIKLIK TALABI

    Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.



    Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta'minlovchi omillardandir.

    Bundan tashqari, bizning nisbatan issiq iqlim sharoitimizda noan'anaviy usullar bilan ham organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, turli xil oyoq vannalari, tuz va tosh yo‘lakchalarida yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi.

    Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.


    Download 10,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 10,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi

    Download 10,05 Mb.