III.Yakuniy qism:
Videolavha orqali O`zbekistonning va chet ellardagi turli holatlarni namoyish etish va Do`stlikni mustahkamlashga o`rgatish.
Do`st bilan obod uying,
Gar bo`lsa u vayrona ham.
Yuz so`m puling bolmasin,
Yuzta do`sting bo`lsin kabi maqollarning mazmunini muhokama qilish bilan mashg`ulot yakunlanadi.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
22-mavzu :“Onalar –uyimiz chirog`i
(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Onalarni ulug`lash ,ularga g`amxo`rlik qilishga o`rgatish.
Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Kun shiori: Ayollar-hamisha e’zozda
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Onalarning oiladagi mehnatlari aks ettirilgan tasvirlar .Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism : Turli kasbdagi onalar suratlarini namoyish etish va savol bilan murojaat qilish. Onangizni qanday tasavvur qilasiz?
|