|
Tushuntirish xati
|
bet | 7/47 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #15055 |
Partalarda o`ltiribmiz.
Yoz haqida so`zlashamiz,
Bolalarni kuldirib biz.
Har kim o`zining yozgi taassurotlari bilan o`rtoqlashadi.
O`qituvchi: Maktab hammamiz uchun qadrdon maskan. Bizga ilm o`rgatuvchi, tarbiya beruvchi muqaddas dargoh.O`quvchilar uchun kichik bir Vatan.Yozning quvnoq va sho`x kunlarini o`tkazib yana qadrdon maktabimiz bag`riga qaytib keldik. Bugun biz sizlar bilan maktab va undagi o`quvchilarning qonun-qoidalarini eslab olamiz. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, maktabdagi ichki tartib –intizom qoidalarini yozib chiqishadi va muhokama qilishadi.
III Yakuniy qism:
O`qituvchi: Maktab –muqaddas dargoh. Uning bag`ri keng ,qanchadan -qancha kishilarga o`z bag`rini ochib ma`rifatga , kamolotga yetkazuvchi ilm maskani. Shuning uchun ”Maktab seniki, uni o`z qorachigingdek asra “ degan hikmatga doimo amal qilish bizning farzandlik burchimizdir.
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.
|
| |