• Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi 2
  • Sana: 1-mavzu : Ona yurtim-oltin beshigim I.Kirish
  • Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim !
  • 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
  • Sana 2 -mavzu: Odobli bola-elga manzur. Mashg’ulotning maqsadi
  • Kompetentsiya: TK-1
  • O’tish usuli
  • Sana 3-mavzu: Yo’l harakati qoidalarining vujudga kelish tarixi (Yo’l harakati qoidalari) Mashg’ulotning maqsadi
  • Asosiy qism. Yangi sozlar
  • Bilimni mustahkamlash uchun savollar
  • Sana: 4-mavzu: “Ustozga hurmat
  • Sana: 5-mavzu: Ona maktab bag`rida
  • «KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN”




    Download 1.86 Mb.
    bet6/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    «KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN”

    O’quv ishlari bo’yicha Maktab direktori:

    Direktor o’rinbosari:

    _______ __ _________ _____ __ ________ _______ _____________ _____yil

    «___» ________________2020 y “____”______________ 2020yil




    Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi

    2“___” sinf O‘tiladigan mavzular


    soat

    O’tilgan vaqti

    Uyga vazifa

    1.

    Ona yurtim-oltin beshigim

    1







    2.

    Odobli bola-elga manzur

    1







    3.

    Yo’l harakati qoidalarinig vujudga kelish tarixi (Yo’l harakati qoidalari)

    1







    4.

    Ustozga hurmat (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

    1







    5.

    Ona maktab bag’rida

    1







    6.

    Ona tabiatni asraylik. (4-oktabr butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan)

    1







    7.

    Xavfsizlik qoidalarini bilamizmi?

    1







    8.

    Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    9.

    Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish (Yo’l harakati qoidalari)

    1







    10.

    O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    11.

    Tartibga solish vositalari va ahamiyati. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    12.

    Bizning maktabdagi vazifalarimiz

    1







    13.

    Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).

    1







    14.

    O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    15.

    Yo‘lni kesib o‘tish. To‘xtash joyi. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    16.

    Biz yangi yilni kutib olamiz (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

    1







    17.

    Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

    1







    18.

    To’maris kim?

    1







    19.

    Maxsus transport vositalari va turlari. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    20.

    Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

    2







    21.

    Do‘stlik – bebaho ne’mat. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan )

    1







    22.

    Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

    1







    23.

    Oilada mening o‘rnim va vazifam.

    1







    24.

    Transportda yurish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    25.

    Milliy an’analarimiz – g‘ururimiz ( 21 mart – Navro‘z do‘stlik bayrami munosabati bilan).

    1







    26.

    Milliy o’yinlar

    1







    27.

    Qonunlar nima uchun kerak?

    1







    28.

    Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    29.

    Yurtimiz favvoralari( 1-may-favvoralar kuni munosabati bilan)

    1







    30.

    Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

    1







    31.

    Yo’l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari

    1







    32.

    Kitob bizning do‘stimiz.

    1







    33.

    Yoz-o’tadi soz

    1







    Sana: 1-mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

    Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.

    Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi

    Kun shiori: Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim !

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.

    Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

    Ma`naviyat daqiqasi:

    Vatan ona, Vatan chamandir,


    Vatan quyosh, Vatan osmondir.
    Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
    Vatan tuproq, Vatan iymondir.

    II Asosiy qism:

    Bizning VatanimizO`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg`otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.

    Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyori.

    O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo`lib yashaylik.

    O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.


    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.

    Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.

    I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish

    II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

    III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish



    IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

    1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat

    BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT


    Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,

    Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

    Qara axir bizga sharoit,

    Yaratmatmoqda beshta tashabbus.


    Tabiatni turfa tasvirlab,

    Rasm chizib bera olgin tus.

    Yoki qo‘shiq aytgin baralla,

    Seni qo‘llar beshta tashabbus.

    Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim,

    Chempion bo‘l, olg‘a yur doim,

    Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim,

    Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.


    Internetdan bilgin jahonni,

    Yangilikni tezda bilib ol.

    Charchoqlarni engish chun bir oz,

    Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.

    III Yakuniy qism:

    Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti

    Savol:.

    Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor?



    (…).

    Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.

    -Qo`shiq nima haqida ekan?

    -Vatan haqida ekan?

    O`quvchilarni rag`batlantirish.

    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.



    Sana

    2 -mavzu: Odobli bola-elga manzur.

    Mashg’ulotning maqsadi: O`quvchilarga ezgu fazilatlar haqida ma`lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish;o`quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o`rgatish. O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.

    Kompetentsiya: TK-1:xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladiTK-2:odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; haqorat va turli yomon so‘zlardan, yomon odatlardan saqlana oladi.

    Kun shiori: Odobing - ahloqing



    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

    Asosiy qism:

    Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.

    Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.

    «Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:

    Dunyoda topayin desang omonlik,

    Birovga zarracha qilma yomonlk!

    Yakunlovchi qism;

    O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

    1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?

    2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?

    3. «Yaxshilik» hikoyasini o'qib, mazmuniga diqqat qiling ?

    4. Ra'noning buvisi yaxshilikning foydasi haqida nimalar dedi ?

    5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?
    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

    Sana

    3-mavzu: Yo’l harakati qoidalarining vujudga kelish tarixi (Yo’l harakati qoidalari)

    Mashg’ulotning maqsadi:

    Yo’l harakati qoidalarining vujudga kelish tarixi va yo’l belgilari haqida tushuncha berish . O'quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish,

    Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi;

    TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi

    Kun shiori: Yo’l qoidasi-umr foydasi

    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

    I. Mashgf’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

    2. Davomatni aniqlash.

    3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.

    Asosiy qism. Yangi so'zlar:Yo'l belgilari guruhlari.

    1. O'qituvchining suhbati .Yo'l to'g'risidagi ma'lumotlarning asosiy tushunchalaridan biri bu yo'l belgilari.

    Ota-bobolarimiz otlarga minib yoki piyoda yurganlaridan beri yo'llarga g'amxo'rlik qilishgan. Cho'lda toshlar yotqizildi va ustunlar o'rnatildi,

    Shu bilan birga, zamonaviy yo'l belgilarining prototiplari XIX asr oxirida, birinchi mashinalarning paydo bo'lishi bilan bir vaqtda paydo bo'la boshladi

    1903 yilda Frantsiya qabul qildi Chorrahalar, xavfli burmalar va boshqa "dahshatlar" oldiga belgi o'rnatish to'g'risida avtotransport vositalariga akt.   Bir necha yil o'tgach, taqiqlarni bekor qilish mumkin emasligi ma'lum bo'ldi.

    Bu vaqtdan qariyb yuz yil o'tgach, belgilar soni oshdi, ular tashqi qiyofalarini o'zgartirdilar. O'zgarishlar transport vositalarining o'zlarini takomillashtirish bilan parallel ravishda amalga oshirildi. Xavf tezlikka mutanosib ravishda oshgani sayin, yo'l belgilariga va ularning o'rnatilishiga e'tibor kuchayadi.

    1909 yilda Parijda birinchi Xalqaro avtomobil konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu konferentsiyada yo'l harakati signalizatsiyasi masalalari ham muhokama qilindi. Konferentsiyada xavfli qismga 250 metr masofada o'rnatilishi kerak bo'lgan to'rtta ogohlantirish belgilari tasdiqlandi: "Yo'lli yo'l", "O'tish yo'llari", "Temir yo'l bilan kesishish", "Avtomobil yo'llari chorrahasi".

    1926 yilda Parijda 50 ta davlat ishtirokida xalqaro konferentsiya chaqirilgan. Ushbu konferentsiyada yo'l signalizatsiya tizimi yana ikkita belgi bilan to'ldirildi: "Himoyalanmagan temir yo'l kesishmasi" va "To'xtash shart".

    1931 yilda Jenevada Yo'l harakati konferentsiyasida yangi "Yo'l belgilariga bir xillikni joriy etish to'g'risida konventsiya" qabul qilindi, unga muvofiq yo'l belgilarining soni 26 tagacha oshirildi va ular uch guruhga bo'lindi: ogohlantiruvchi, eslatuvchi va ko'rsatuvchi. Ushbu belgilar tizimi bizning mamlakatimizda 1961 yilgacha faoliyat ko'rsatgan.

    1949 yilda Jenevada yo'l harakati bo'yicha navbatdagi xalqaro konferentsiyada "yo'l belgilari va signallari to'g'risida protokol" qabul qilindi. Protokolda belgilarni joylashtirish, ularning o'lchami va rangi bo'yicha tavsiyalar berildi. Ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilar uchun yorug'lik fonidan foydalanish kerak - oq yoki sariq, yozuvchi belgilar uchun - ko'k. Protokolda 51 ta yo'l belgisi mavjudligi ko'zda tutilgan: 22 - ogohlantirish, 18 - taqiqlovchi, 2 - ko'rsatma va 9 ta ko'rsatma. Mamlakatimizda 1949 yildagi Protokolda ko'zda tutilgan belgilar tizimi keyinchalik kiritildi va 1973 yilgacha davom etdi. Mamlakatimizda yo'l belgilari tizimi 1968 yil yo'l belgilari va signallari to'g'risidagi xalqaro konventsiyaga asoslanadi. Ayni paytda mamlakatimizda 172 yo'l belgisi ularning turli xil o'zgartirishlarini hisobga olmaganda ishlaydi.

    Yo'l belgilari sizga mashinalar yoki piyodalar qayerda harakatlanishi va qaysi tezlikda yo'lni kesib o'tish mumkinligini aytib, xavf haqida ogohlantiradi. Shuning uchun yo'l belgilari chaqiriladi yo'l alifbosi.

    Hozirda barcha yo'l belgilari sakkiz guruhga bo'lingan:



      ogohlantirish belgilari;

    Ustuvorlik belgilari;

    Taqiqlash belgilari;

    Majburiy belgilar;

    Maxsus talablarning belgilari;

    Axborot belgilari;

    Xizmat ko'rsatish belgilari

    Qo'shimcha ma'lumotlarning belgilari (plitalar).

    O'qituvchi o’quvchilar e'tiborini belgilar yumaloq, to'rtburchaklar, uchburchaklar shaklida bo'lishiga qaratadi. Ular rangda farq qilishi mumkin. Yo'l belgisining shakli va rangiga qarab uning maqsadi ham o'zgaradi.

    O'qituvchi o’quvchilarga yo'l belgilarining maqsadi eslab qolish osonligini tushuntiradi. Agar belgi qizil chegara bilan uchburchak shaklga ega bo'lsa - bu ogohlantiruvchi belgilar guruhiga kiradi. Ushbu belgilar haydovchilarga oldinda yo'lning xavfli qismi borligi haqida ogohlantiradi, ehtiyot bo'lish va tezlikni pasaytirish kerak.

    Dumaloq belgilar qizil chegara bilan oq rangda, ba'zilari ko'k fon bilan taqiqlash belgilari guruhiga kiradi. Taqiqlash belgilari har doim qizil chegara bilan (olov yoki qizil svetofor bilan bog'lanish, qizil xavfli degan ma'noni anglatadi).

    Agar belgi ko'k fonga ega yumaloq shaklga ega bo'lsa - bu harakat yo'nalishini, minimal tezlikni va hokazolarni ko'rsatuvchi belgi.

    To'rtburchaklar - maxsus talablar va ma'lumot belgilari. Ular turli xil fonga ega: ko'k, yashil, oq va sariq.

    Qo'shimcha ma'lumotlarning belgilari (plitalar) to'rtburchaklar shaklga ega va qoida tariqasida oq fonga ega.

    Darsning boshida o'qituvchi bolalardan qanday yo'l belgilarini eslashni so'raydi. U bolalarga imo-ishoralar bilan ishora qiladi va bolalardan ismlarini aytishni so'raydi

    Ogohlantirish: "Piyodalar o'tish joyi", "Bolalar", "Velosiped yo'lidan o'tish", "Sun'iy pürüzlülük", "Temir yo'lni to'siqlarsiz kesib o'tish", "Temir yo'lni to'siq bilan kesib o'tish";

    Taqiqlashlar: "Kirish taqiqlangan", "Piyodalar yo'q", "Velosiped yo'q";

    Belgilangan: "Yuradigan yo'l", "Velosiped yo'li";

    Maxsus talablarning belgilari: "Piyodalar o'tish joyi", "Turarjoy maydoni", "Sun'iy pürüzlülük";

    Ma'lumot belgilari: "Er osti piyodalar o'tish joyi", "Baland piyodalar o'tish joyi";

    Xizmatning belgilari: "Dam olish maskani", "Oziq-ovqat markazi", "Telefon", "Yuvish", "Kasalxona".

    O'qituvchi bolalarga qanday belgilar va nima uchun ekanligini eslatib turadi. Masalan, uchburchak shaklidagi "Bolalar" belgisi maktablar, bolalar bog'chalari va bolalar bog'chalari yonida o'rnatiladi. U haydovchini bolalar bu vaqtda yo'lga yugurishlari mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ba'zi talabalar bu belgi bolalar ko'chani kesib o'tgan joyni ko'rsatadi, deb o'ylashadi. Ammo bu unday emas. O'qituvchi ushbu belgi haydovchilar uchun ekanligini eslash uchun o'rnatishni amalga oshiradi. Piyodalar uchun "Piyodalar o'tish joyi" belgisi to'rtburchaklar shaklida, ko'k fonda oq uchburchak bo'lib, piyoda yurgan odam unda joylashgan.

    "Velosipedga ruxsat berilmaydi" yo'l belgisi. Belgida qizil uzukdagi velosiped chizilgan. Agar velosiped chegara qo'ymasdan ko'k fonga bo'yalgan bo'lsa, unda belgi velosiped yo'lini bildiradi, ya'ni. velosipedchilar uchun maxsus mo'ljallangan.

    "Piyodalarga ruxsat berilmaydi" belgisi (oq fonda erkakning surati chizilgan). Bu erda piyodalar yura olmaydigan joy borligini ko'rsatadi.

    2. Amaliy vazifa O'qituvchi o'rganilayotgan yo'l belgilarining qora chizmalariga osadi va bolalarni haydovchilar yoki piyodalar uchun mo'ljallangan yo'l belgilarini tanlashni taklif qiladi.Stolda o'quvchilar oldida turli xil yo'l belgilarining rasmlari mavjud. O'qituvchi belgini chaqiradi. O’quvchilar uni topishlari, ko'rsatishlari va qaysi belgilar guruhiga tegishli ekanligini aytishlari kerak.

    Bilimni mustahkamlash uchun savollar

    1. Belgilar nimaga tegishli?

    2. Barcha yo'l belgilari qanday guruhlarga bo'linadi?

    3. Birinchi yo'l belgilari qachon paydo bo'lgan?

    4. 1909 yilda Parijda bo'lib o'tgan birinchi Xalqaro yo'l harakati konferentsiyasida qancha yo'l belgilari tasdiqlangan?

    5. Ogohlantirish, taqiqlash, ko'rsatma beradigan yo'l belgilari tashqi belgilari qanday?

    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

    Sana: 4-mavzu: “Ustozga hurmat

    (1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad : Ustozlar va ularning mehnatini qadrlash , ulardan ilm sirlarini o`rganishga orgatish.

    Kompetensiya — TK-1:vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori:Ustozga hurmat-oliy himmat

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Turli fanlar o`qituvchilari va ularning faoliyati aks ettirilgan tasvirlar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi

    II. Asosiy qism



    O`quvchi : Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi bo`lgan ekan. U kishi tanbur, dutor , nay kuyini shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo bo`lib qolar ekanlar .Ustod ko`plab shogirdlar tayyorlagan ekan. U kishining shogird tanlashda qiziq bir odati bor ekan.Bir kuni u shogird bo`laman degan bolalarni yig`ib , qo`llariga bittadan hassa beribdi va ularni kuzatib o`tiribdi. Ulardan biri hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa qilich qilib o`ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o`tiribdi. Buni ko`rgan Tanburiy xursand bo`libdi-da, bolani o`ziga ham shogird, ham o`g`il qilib olibdi.Ustoz bolaga tinim bilmay ta`lim beribdi. Bola ham ustozining ta`limini qunt bilan, sabr- toqat bilan o`rganib , mashhur naychi bo`lib yetishibdi.Tanburiyni o`z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo`libdi.

    Ustozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo`lishiga sabab bo`libdi.

    Ustoz, ulug`siz ulug`lardan ,

    Beminnat bilimlisiz bilimlardan

    Falakdan nur sochgan quyoshsiz,

    Navoiy zar sochgan bayotsiz.

    O`quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi.

    Ustoz – oy-u, shogirdga berar chiroy.

    Ustoz o`giti – kamolot kaliti.

    Ustozlariga atalgan qo`shiq va raqslarini taqdim etadilar.

    III. Yakuniy qism: Oqituvchi o`quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi.


    Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    Sana: 5-mavzu: Ona maktab bag`rida

    I.Kirish:

    Maqsad :Maktab va unu sevish , ilm olishga havas uyg`otish .Maktab qonun -qoidalariga rioya qilish haqida suhbatlashish.



    Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi

    Kun shiori:Maktabimiz-ikkinchi uyimiz

    Ko`rgazmali qurollar:Maktab tasviri , o`quvchlarning maktabda o`zini tutish qonun –qoidalari yozilgan A-3 formatli qog`oz,DVD.

    Tashkiliy qism.



    Maktabda o`tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks ettirilgan videorolik namoyish etiladi va o`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.

    II- Asosiy qism:



    O`qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she`rini o`qib beradi.

    Sentyabrning gozal tongi,

    Kiyim kiygan hamma yangi.

    Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar,

    Hur yoshlikning sho`x ohangi.
    Har yoq bayram tusin olgan,

    Undan maktab husn olgan,

    Sevgan ona –Vatanimiz,

    Dilimizga sevinch solgan .

    Sinflarni to`ldirib biz ,



    Download 1.86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 1.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «KO`RIB CHIQDIM» “TASDIQLAYMAN”

    Download 1.86 Mb.