• Kompetensiya — TK-1
  • Asosiy qism
  • Sana : 9-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish




    Download 1.86 Mb.
    bet14/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
    Sana : 9-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish



    Mashg’ulot oxirida o’quvchilar rag’batlantiriladi

    Sana: 10-mavzu : O`zbekiston Respublikasining bayrog`i

    (18-noyabr O`z.Res. bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi : O`zbekiston Respublikasining bayrog`i haqidagi ma`lumotlarni kengaytirish. Uni tasvirlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligini o`rgatish.

    Kompetensiya — TK-1:vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori: Hamisha yangrayver bayrog’im

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi : Davlat bayrog`i

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:Tashkiliy qism :Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish. Asosiy qism: O`qituvchi: Bayroq biror millat yoki davlatning belgisidir. Eng muhimi, davlatning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq- davlat bayrog`idir.

    O`zbekiston Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan . Davlat bayrog`i hamma uchun muqaddas va uni e`zozlab asraymiz. Bayroqlar odatda gazlama parchasidan tikiladi. Bo`yi enidan uzunroq bo`lib, ranglari va naqshlari ham turlicha bo`ladi. Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o`zlarining bayroqlariga ega bo`lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo`l qo`ymaganlar. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat qilish bilan barobar bo`lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat bayroqlari olib kiriladi,o`pib, ko`zga surtiladi va g`olib bo`lganlar sharafiga yuqori ko`tariladi.

    O`quvchilar bayroqning turli ranglariga ta`rif berishadi.

    Har bir bola o`zi ta`rif berayotgan rangida kiyinib chiqadi.

    Men moviy rang bo`laman yurt osmonining bir parchasi.Bu- olamda tinchlik bo`lsin deganimdir. Yana men tip- tiniq suvgayam o`xshayman. Hayotimiz suvdek tiniq bo`lsin.Men qizil rangman. Tomirlarimizda jo`sh urib oqayotgan qonimiz rangi. Bu rang bizni jo`shqin mehnatga yashashga va kurashishga o`rgatadi.

    Oq rang .O`zim ham oq, ko`nglim ham oq, hatto niyatlarim ham oq.Shuning uchun bayroqdan o`rin oldim va xalqimni musobaqalarga “Oq yo`l ”deb kuzatdimki, ular zafar bilan qaytib keldilar.Yashil rang nima degani? Yashillik yasharish, yashnatish va ertangi kunga ishonish deganidir. Yurtimizni bezab turgan bog`larimiz , o`rmonlarimiz timsolidir.Uch –to`rt kunlik oyni eslatuvchi oymoma kishilarga to`kinlik ramzi sifatida aks ettirilgan.On ikki yulduz o`n ikki oyni,o`n ikki burjni bildiradi . Yulduzlar bilan baravar harakatlanib, fasllar o`zgarishini kuzatamiz. O`n ikki yulduz O`zbekistonning o`n ikki viloyatiga ham ishoradir.

    O`qituvchi: Mana davlatimiz bayrog`ining ranglari haqida tinglab oldik . Sizlar bilan boshqa qardosh davlatlarning bayroqlari bilan ham tanishib olamiz.Bu bizlarga nima uchun kerakligini bilasizmi? Davlatlar aro turli muzokaralar, sport musobaqalari ,tadbirlar tashkil etilganda hamma o`z davlati bayrog`i bilan qatnashadi. Yurtimizda ish olib borayotgan turli davlatlar elchixonalari darvozalari yuqorisida shu davlat bayrog`i hilpirab turadi.III.Yakuniy qism:Mashg`ulot so`ngida turli davlatlar bayroqlarini topish musobaqasi o`tkazilishi , davlatlar bayroqlarini yaxshi o`rganib olishlariga yordam beradi. Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.





    Download 1.86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




    Download 1.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana : 9-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish

    Download 1.86 Mb.