• Kompetensiya — TK-1
  • Sana: 6-mavzu: Ona tabiatni asraylik




    Download 1.86 Mb.
    bet8/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
    Sana: 6-mavzu: Ona tabiatni asraylik

    Mashg’ulotning maqsadi:

    O`quvchilarga tabiat mo`jizalari, suv bebaho ne’mat ekanligi haqida tushuncha berish. Tabiatga mehr berish ruhida tarbiyalash, suvni tejab sarflashga o`rgatish. O`quvchilarning tabiat haqida, ichimlik suvi va daryo suvlarini farqlash malakalarini rivojlantirish. Vatanga, tabiatga muhabbat tuyg`ularini mustahkamlash

    Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi

    Kun shiori: Biz ona-tabiatimizni asraymiz

    metod: Suhbat, tushuntirish, tarmoqlash

    Ha-yo`q“ o`yini, „Aqliy hujum“ metodi.



    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni tayyorlash ,navbatchi axboroti. Vatan, yilimiz, fasl haqida suhbat

    Asosiy qism:

    Aqliy hujm“ metodi. „Tabiat mo`jizalari. Suv –hayot manbai“ so’zlariining mazmuni.



    O`qituvchi: Bizning vatanimiz qayer?

    O`quvchilar: O`zbekiston.

    Savol-javoblar:O`qituvchi: bolajonlar mana bu qushni qayerlarda

    ko`rganmiz? Tabiat deganda nimani tushunasiz? Atrofimizdagi tabiat biz nafas oladigan havo, biz ichadigan suv, toza kiyim – bosh, yeguliklarning tozaligi

    bu bizning sog`lig`imiz garovi.

    TABIAT MO'JIZALARI.

    Bizni o'rab turgan tevarak olam tabiat deb ataladi. Tabiatni asrash bizning burchimizdir.Mehribon tabiatBolalar, ona tabiat bizga qanchalik mehribon

    ekanligini bilasizmi?Bahorda u gullarga burkanadi, atrof ko'm-ko'k bo'lib

    yashnaydi. Yozda so'lim bog'lar va tog' yonbag'irlarida maza qilib dam olamiz. Kuzda shirin-shakar meva va sabzavotlarni yeb, kuchga to'lamiz. Qishda qorbo'ron o'ynab chiniqamiz.Suv, o'simlik va daraxtlar haqiqiy tabiat

    mo'jizalaridir. Ular biz nafas olayotgan havoni tozalab, salqin qilib beradi. Shovqin va mikroblarni yutib, inson va jonivorlar salomatligini himoya qiladi.)

    Toza suv chanqoqni qondiradi, barcha jonzotlarga hayot bag'ishlaydi.

    So'nggi yillarda sayyoramizda toza suv miqdori kamayib bormoqda. Unutmang, suvni tejab sarflash barchamizning burchimiz.

    Mashg’ulotni yakunlash:

    1. Qanday tabiat mo'jizalarini bilasiz?

    2. Suv, o'simlik va daraxtlar insonlarga qanday

    foyda keltiradi?3. Nima uchun suvni tejash zarur?

    4. ”Suv” haqida she’r ayting

    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.



    Download 1.86 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




    Download 1.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: 6-mavzu: Ona tabiatni asraylik

    Download 1.86 Mb.