• Jamoat binolarini loyixalashtirishning shaxar kurilishi, memoriy – badiiy xususiyatlari
  • ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI




    Download 6.04 Mb.
    bet4/28
    Sana22.06.2021
    Hajmi6.04 Mb.
    #15158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI




    Bitiruv malakaviy ishim “Samarqand shahar Chorsu san’at galereyasi interyerlarining dizayn yechimi bo’lib, u quyidagi elementlardan tashkil topadi: Bosh rejasi, (gen plan) Xududiy reja, kichik me'moriy shakllar, bino fasadi ko‘rinishi (panorama), perspektivasi, logotip, piktogrammalar, axborot qurilmasi va asosiy interyerlar kabi interyer - dizayn elementlari. 2400x1600 o‘lchamdagi fotoqog‘ozda (bannerda) mavzu bilan birgalikda kompanovka qilingan. Chorsu galereyasi Samarqand shaharda, demak shahar muhiti bilan uni o‘zaro bog‘lash kerakdir. Chunki shahar o‘zining butun tarkibiy qismlari, turar-joy binolari va jamoat inshootlari, sanoat komplekslari va texnik qurilmalari, magistrallari va transport vositalari bilan fazoviy material muhitining sifatini yaxshilaydi yoki aksincha yomon ahvolga olib keladi.

    Shahar muhitini tashkil etishda asosiy tamoyil qilib to‘liqlik va bo‘linmaslik, uning hamma tarkibiy qismlarini bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.

    Muhitning sifatini ta'minlovchi va belgilovchi omillar nimada?



    Birinchidan, ekologik muvozanatni saqlash lozim.

    Ikkinchidan, aholining hayotiy faoliyati, jamiyatni ijtimoiy-madaniy rivojiga qo‘shayotgan hissasini e'tiborga olib, ularga yashash, ishlash, dam olish sharoitlarini to‘la-to‘kis yaratib berish zarur. Bu esa odamlarning o‘z yon atrofidagi predmetlarni, me'moriy-fazoviy, texnik tuzilmalarni qadrlash va takomillashtirib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shahar sharoitida ko‘pincha antropogen tipidagi muhit ustun keladi, ilmiy texnika progressiv aholining o‘ziga yarasha o‘sib borayotgan talablari va zaruriyatlari asosida hayotiy sharoitni tashkil qilishga xizmat qiladi va ta'sir doirasini o‘tkazadi. Shahar o‘zining sanoat inshootlari, zich qurilishlari, aholining ko‘pligi, turlicha faoliyat bilan bandligi, sun'iy injener-texnik qurilmalari bilan tabiiy muhitni tunib bo‘lmaydigan darajada ko‘rinishga olib keladi. Yangi murakkab sisitema paydo bo‘ladi.

    Registon maydonida joylashgan chorus galereyasi funksional tashkil qilish masalalariga uning hududini zonalashtirish, yangi yerlar o‘lchovlarini aniqlash, zich qurilgan shahar ichkarisidagi yerlardan foydalanish, ochiq hududlarni ko‘kalamzor-lashtirilgan maydonlar bilan qurilgan sanoat va fuqaro binolari, kommunal texnik qurilmalar, transport inshootlari va hokazolar bilan to‘g‘ri solishtirilishi lozim.Bu masalalarni yechishda rivojlangan shaharsozlik ilmini yanada puxta egallash lozim. Bunday hollarda muhimi muhit muvozanatini buzuvchi, ifloslantiruvchi, tabiiy resurslarni yo‘q bo‘lishiga olib keluvchi harakatni to‘xtatish taqozo qilinadi.

    Hududlardan maqsadga muvofiq foydalanish sohasiga turli ahamiyatga molik kapital fondlarni bino va inshootlarni qayta qurish, eski shakllarni saqlangan binolardan foydalanish xarakterlari va yangi qurilgan fondlardan foydalanish, qurilish zonalarini tartibga solish, shahar ichkarisi maydonlaridan utilitar va estetik normalarga tayangan holda qurilish qavatlarini va zichligini o‘rnatish. Kompleks loyihalash ishlari avvalambor shaharni butun qismini o‘rganish, ularni texnik iqtisodiy ta'mirlash asoslarini aniqlash, bosh reja loyihalash va birinchi navbatdagi qurilishni joylashtirish, shaharning ayrim qismlarini detal loyihalarini ishlanishini taqozo etadi.

    Binoni ta'mirlash jarayonida uning har bir etapida qurilgan maydonlarni eng yaxshi o‘zaro nisbat bog‘lanishini ta'minlash lozim.

    Hozirgi zamon shaharlarning o‘sish sharoitlarida ularning funksional strukturalarini murakkablashtirish, transport sistemalarining o‘sish va aholining harakatchanlik darajasini ko‘payishi, me'moriy-rejalashtirish yechimlarini sifat darajasini ko‘payishi, me'moriy-rejalashtirish yechimlarini sifat darajasini oshishi, empirik ko‘rsatmalar zamon taqozosi bilan o‘zgarib turadi. Shunnig uchun ham bunday o‘zgaruvchan sharoitlarda ularni oddiy ravishda takrorlash, takror ishlab chiqarish va shaharlarni avvalgi rejalarni qurish va obodonlashtirish usuli va uslublari yetarli bo‘lmaydi, ularni yanada takomillashtirish zarur.

    Shunday perspektiv maqsadga muvofiq rejalashtirish qarorlarini izlab topish kerakki, bu asosda qurilgan har bir bino yuqori ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy-jamoaviy va me'moriy-fazoviy effektga ega bo‘lishi kerak va uzoq yillari xalqimizga xizmat qilishi zarur.

    Maqsadli dastur yo‘nalishi sistemasi, xalq xo‘jaligi rivojining asosiy hisob an'analari orqali bosh reja loyihalashga o‘z ta'sirini o‘tkazadi.

    Oldiga qo‘yilgan vazifalarni konstruktiv pozitsiyadan turib amalga oshirish darajasini baholaydi. Shaharlar rivojining asosiy yo‘nalishi bir necha pog‘onalarda amalga oshiriladi.



    Belgilangan perspektiv maqsadlarning amalga oshishi xalq xo‘jaligi resurslari negizida amalga oshishi xalq xo‘jaligi resurslari negizida alohida tekshiriladi.





    Yuqorida qayd etilgan ta'mirlash turlari ozmi-ko‘pmi har bir shaharda bo‘ladi. Uzluksiz tahlil usullarini tadbiq qilish ko‘p obrazli ta'mirlash muammolarini yagona to‘liq qilib ko‘rsatishga imkon beradi, kompleksni kuchaytiradi, loyiha rejalashtirish qarorlarini maqsadli yo‘nalishini ta'minlaydi, ko‘p variantli muqobil ta'mirlash, uzoq yillik prespektiv shahar rivojlanishining variantlarini hisobga oladi.

    Agar davlat tomonidan qurilgan me'monxonalar va banklar, hamda savdo majmualar arxitekturasida yangi me'moriy stil interer va eksterer yaxlitligi, ya'ni yangi badiiy tektonik yo‘nalish vujudga kelayotgan bo‘lsa, xususiy mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish ob'ektlari arxitekturasida ikkita me'moriy moda, birinchisi milliy me'moriy an'analarimizning yangi zamonaviy qurilish materiallari va pardozlari bilan mushtarak tarzda uyg‘unlashtirilishi bo‘lsa, ikkinchisi, bu ana shunday milliy me'moriy shakllarimizning mahalliy qurilish va pardozlash materiallari asosida bunyod etilishidir.

    Ayrim xususiy turar joy binolarida muayyan tarixiy me'moriy stilni jonlantirish harakatlarini kuzatish mumkin bo‘lsa, (O‘zbekiston va Ulug‘bek ko‘chalaridagi xususiy uylarda) qolgan aksari xususiy uylar arxitekturasida milliy tarixiy an'analarimizni tarixiy rivojlantirish, uni yangi qurilish materiallari va pardozlariga hamda zamonaviy badiiy-estetik turmush tarzi ehtiyojlariga moslashtirish usulida ishlanmoqda. Biz bu har ikki usulni ham qo‘llab-quvvatlaymiz va ular kelajakda qo‘llanmog‘i lozim. Mustaqillik yillarida Samarqandda shaharsozlik bobida ham juda katta o‘zgarishlar va ijobiy ishlar qilindi. Shahrimizning yubileyiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosh rejasi davlat buyurtmasi asosida alohida loyiha tarzida ishlab chiqildi.

    Ushbu loyiha asosida qisqa vaqt ichida shahar yo‘llarini ta'mirlash va qayta qurish bo‘yicha katta ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Shahar qiyofasi, ayniqsa uning eski shahar hududida, Registon maydoni va uning atrofi, Toshkent, Dahbet va panjikent ko‘chalari hamda shaharning Chor Rossiyasi hukmi davrida shakllangan ko‘chalar kengaytirilib, ularning me'moriy va shaharsozlik muhiti yangi me'moriy va landshaft ko‘rinishini olmoqda. Samarqandda qurilgan arxitektura ob'ektlariga xos me'moriy –kompozitsiyaviy xususiyatlar asosan quyidagilardan iborat:



    • arxitekturada masshtablilik va yaxlitlikka erishish, kompozitsiyada aksari hollarda simmetriya qonunlariga asoslanish;

    • binolar tarhining yechimida me'moriy kursi, “ostona” va “badiiy tugallik” shakllarining alohida bo‘rttirilishi;

    • shaharning Chor Rossiyasi hukmronligi davrida shakllangan qismlarini qayta qurishda yevropacha rus stili arxitekturasi shakllarining saqlab qolinishi va rivojlanishi;

    • yangi qurilgan jamoat binoalri ekstererlari va intererlarida zamonaviy plastik pardoz materiallari va me'moriy shakllarning qo‘llanilishi;

    • arxitekturada to‘q va to‘yintirilagn polixrom ranglarning ishlatilishi;

    • qurilgan ob'ektlar atrofi ochiq me'moriy-landshaft muhiti va dizaynini bino arxitekturasiga mos va xos tarzda orasta yaratish;

    Aytish joizki, zamonamizning tezkor g‘oyalarini qog‘ozga tushirish jarayonida kompyuter texnologiyasini qo‘llay olishimiz juda yaxshi yordam berdi.

    Jamoat binolarini loyixalashtirishning shaxar kurilishi, me'moriy – badiiy xususiyatlari








    Download 6.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 6.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI

    Download 6.04 Mb.