• «Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi»
  • 10- mavzu: Kuz ne’matlari. I.Kirish.
  • II.Asosiy qism
  • Bog’bon bobo
  • Tushuntirish xati




    Download 2.36 Mb.
    bet12/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.36 Mb.
    #4626
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27

    «Kar haydovchi» – kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga o‘rnatiluvchi, ichiga

    diametri 40 millimetr bo‘lgan uchta qora doira tushirilgan,



    diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira shaklidagi belgi.

    «Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi» – boshqarishni o‘rgatishda foydalanadigan transport vositalarining old va orqa tomoniga

    o‘rnatiluvchi, ichiga qora rangda «O‘» harfi tushirilgan, transport

    vositasining turiga qarab tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha bo‘lgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchburchak shaklidagi belgi.

    O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi



    10- mavzu: Kuz ne’matlari.

    I.Kirish..

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga fasillar haqida tushuncha berish. Kuz nematlari haqidagi ma’lumotlarini yanada boyitish

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi:

    Kuz faslida Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishadi. Paxta ochiladi. Dehqonlar, bog’bonlar yetishtirgan hosillarini yig’ib-terib oladilar.Kuz fasli Sentabr, Oktabr, Noyabr oylaridan iborat.Paxta o’zbek xalqining asosiy boyliklaridan biri.U juda ko’p mehnat talab qiladigan ekin. Paxtani uvol qilmay yig’ib- terib olish zarur. Paxta hosili yomg’ir va qorda qolsa, uning sifati pasayadi.Kuz mamlakatimizda ayni pishiqchilik fasli. Bog’larda uzum, olma, nok, behi, anor va boshqa mevalar g’arq pishadi.Dalalarda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq; sabzavot ekinlaridan kartoshka, sabzi, piyoz, sholg’om, karam yetilib pishadi. Bularning hammasi kuzning noz-ne’matlaridir. Ular qish kelguncha yig’ib olinmasa, sovuq urib nobud bo’ladi.Mevalar qishga saqlab qo’yilishi uchun avval daraxtlardan bittalab terib olinadi. So’ngra saralanib, yashiklarga ehtiyotkorlik bilan joylanadi va salqin omborxonalarga taxlab qo’yiladi.Ko’pgina sabzavot ekinlari yerdan kovlab olinib, tozalanadi. Ular maxsus omborxonalarda saqlanadi.Kartoshka, sabzi, turp, sholg’omni o’ralarda ham saqlash mumkin. Ekinlar yig’ib olingach, yer shudgorlanadi.

    O’qituvchi:- Bolalar ko’rib turibsizki, bugun hamma xursand, chunki dehqonlar ham bog’bonlar ham hosillarini rejadan ortig’i bilan yig’ib terib olishgan. Kelinglar bolalar bog’bon boboni chaqiraylikda uning dil so’zlariga quloq tutamiz.



    Bog’bon bobo :

    - Gulgun chehra donolarim hosil bayramingiz muborak bo’lsin.



    Men bog’imdan sizlar uchun shirin- shakar mevalardan olib keldim, keeling mevalarimizning so’zlariga quloq tutaylik.





    Download 2.36 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




    Download 2.36 Mb.