• Ext2fs da fayllarni manzillash.
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet215/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

     
    Ext2fs da bloklar guruhi.
    Ext2 turidagi barcha bloklar, bloklar 
    guruhlariga bo‘linadi. Har bir bloklar guruhiga global deskriptor 
    jadvalida alohida yozuv shakllantiriladi; bu yozuvda quyidagi asosiy 
    parametlar saqlanadi: 

    bloklar bitli xarita blokining raqami; 

    inode bitli xarita blokining raqami;

    inode jadvali blokining raqami; 

    gruppadagi bo‘sh bloklar soni; 

    katalogdagi inode lar soni. 
    Bloklar bitli xaritasi – bu har biti unga tegishli blok birorta 
    faylga ajratilganligi ko‘rsatuvchi tuzilma. Agar bir 1 ga teng bo‘lsa, 
    demak 
    blok 
    band. 
    Shunga 
    o‘xshash funksiyani indeksli 
    deskriptorlarning bitli xaritasi bajaradi; u aynan qaysi indeksli 
    deskriptorlar band, qaysilari esa band emasligini ko‘rsatadi. Linux 
    ning yadrosi o‘z ichiga kataloglarni qamrab olgan inode sondan 
    foydalanib, inode kataloglarni guruhlarga bir tekisda taqsimlashga 
    urinadi; inode fayllarni, agar bunga imkon bo‘lsa, ota katalog 
    guruhiga joylashtiradi. Jadvalda ma’lumotlar deb belgilangan barcha 
    qolgan joy fayllarni saqlash uchun ajratiladi.
    Ext2fs da fayllarni manzillash.
    Ma’lumotlarni manzillash 
    tizimi – bu fayl tizimining eng muhim komponentlaridan biridir. 


    357 
    Aynan manzillash tizimi diskdagi bo‘sh va band bloklarning 
    ko‘pchiligadan kerakli faylni topishga imkon beradi. Ext2 fayl tizimi 
    fayl bloklarini manzillashning quyidagi sxemasidan foydalanadi. 
    Faylning manzilini saqlash uchun har bir 4 baytdan iborat 15 
    maydonlar ajratilgan. Agar faylning kattaligi 12 blok yoki undan 
    kamroq bo‘lsa, bu klasterlar raqamlari manzilning bevosita birinchi 12 
    maydonida sanab o‘tiladi. Agar faylning kattaligi 12 blokdan ko‘proq 
    bo‘lsa, u holda 13- maydonda klaster manzili joylashadi va unda 
    faylning quyidagi bloklar raqamlari joylashtirilishi mumkin. Shunday 
    qilib manzilning 13-chi elementi bilvosita manzillash uchun 
    foydalaniladi. Blokning maksimal, ya’ni 4096 baytga teng, kattaligida 
    13-chi elementda fayl ma’lumotlari quyidagi klasterlarining 1024 
    raqamigacha joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Agar faylning kattaligi 
    12+1024 blokdan ko‘proq bo‘lsa, 14-chi maydon blokdan 
    foydalaniladi; unda har birida 1024 raqam mavjud fayl ma’lumotlari 
    bloklarining 1024 raqami saqlandigan bloklar joylashgan blokning 
    raqami bor. Bu yerda endi ikkilangan bilvosita manzillash qo‘llaniladi. 
    Va nihoyat agar fayl o‘z ichiga 12+1024+1048576 = 1049612 dan 
    ko‘proq bloklarni qamrab olgan bo‘lsa, unda 15-chi maydon uch 
    marta katta bilvosita manzillash uchun foydalanadi. Shunday qilib 
    yuqori ta’riflangan manzillash tizimi blokning maksimal kattalagi 4 
    Kb bo‘lganida faylning kattaligi 2 terabayt va undan ko‘proq bo‘lishi 
    mumkin. 
    Ext3
    (Third Extended Filesystem) – ext2 fayl tizimining 
    yangilangan ko‘rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar 
    bilan ishlash) qo‘llanilgan. Diskda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning 
    barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetganda 
    shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo‘ladi. Jurnallar bilan 
    ishlashning quyidagi rejimlari mavjud: 


    Download 3,88 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish