• Linux fayl tizimlari
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet214/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Statik va dinamik bog‘lanish 
    Kutubxonaning funksiyalari bevosita ikkilik bajariladigan kodga 
    o‘rnatilgan dasturlar o‘zining kutubxonalari bilan birga statik 
    bog‘lanadi. Statik bog‘lanishning asosiy kamchiligi shundaki, barcha 
    yaratilgan dastur bir xil umumtizim kutubxona funksiyalarini 
    nusxalarini saqlashi kerak.
    Dinamik bog‘lanish terminallarda ham fizik, ham diskli 
    xotiradan foydalanishda samaraliroq, chunki u tizim kutubxonalarini 
    xotiraga faqat bir marta yuklaydi.
    Linux fayl tizimlari 
    Foydalanuvchi nuqtai nazaridan Linux fayl tizimi UNIX 
    semantikasiga bo‘ysunadigan katalogning ierarxik daraxti ko‘rinishda 
    ifodalanadi. Ichki nuqtai nazardan yadro bajarilish tafsilotlarini 
    yashiradi va ko‘p turli fayl tizimlarini abstraksiyaning umumiy 
    darajasi, ya’ni virtual fayl tizimi (VFS) orqali boshqaradi.
    Linux 
    VFS 
    obyektga 
    yo‘naltirilgan 
    tamoyil 
    bo‘yicha 
    loyihalashtirilgan va fayllar tuzilishini belgilaydigan ta’riflar 
    to‘plamidan foydalanadi. inode-object va file-object tizim tuzilishlari 
    alohida fayllarni namoyon etadi. File system object obyekti butun fayl 
    tizimini namoyon qiladi. Bunday obyektlarni manipulyatsiya qilish 
    uchun mavhumlik (abstraksiya) darajasi mavjud. Ext2fs fayl tizimi – 
    bu Linux ning asosiy fayl tizimi. U ma’lum faylga tegishli 
    ma’lumotlar blokini izlash uchun UNIX BSD Fast File System (ffs) ga 
    o‘xshash mexanizmdan foydalanadi. Ext2fs va ffs o‘rtasidagi asosiy 
    farqlar ularning diskli xotiraning taqsimlash siyosati bilan bog‘liq. ffs 
    tizimida disk 8Kb li bloklardan iborat fayllarga bo‘linadi, bloklar esa 
    kichik fayl yoki faylning oxirida qisman to‘ldirilgan bloklarni saqlash 
    uchun 1Kb hajmli qismlarga (fragmentlarga) bo‘linadi. Ext2fs tizimi 
    bo‘linishlardan foydalanmaydi; u xotirani maydaroq birliklar bilan 


    356 
    taqsimlaydi. Ext2fs da blokning hajmi standart 1Kb ga teng, lekin 2Kb 
    va 4Kb bloklar ham qo‘llab-quvvatlanadi. 
    Ext2fs tizimi diskdagi fizik ulashgan yondosh bloklarga faylning 
    mantiqiy ulashgan yondosh bloklarini joylashtirish maqsadida
    loyihalangan taqsimlash siyosatlaridan foydalanadi, bunda bitta 
    kiritish/chiqarish amalini bir nechta ulashgan yondosh bloklarda 
    amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ext2fs fayllar tizimining tuzilish 
    sxemasi 9.3- jadvalda ko‘rsatilgan. 
    9.3- jadval 
    Superblok (Superblock) 
    Guruh deskriptorlari (Group Descriptors) 
    Bloklarning bitli xaritasi (Block Bitmap) 
    Indeksli deskriptorlarning bitli xaritasi (Inode Bitmap) 
    Indeksli deskriptorlarning jadvali (Inode Table) 
    Ma’lumotlar (Data) 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish