• Linux da jarayonlarni boshqarish
  • Vakolatlar (Credentials)
  • Linuxda jarayonlarni boshqarish tizim chaqiruvi




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Linuxda jarayonlarni boshqarish tizim chaqiruvi 
    Qobiqdan foydalanganda, farzand jarayoni foydalanuvchi 
    tomonidan kiritilgan buyruqni bajarishi kerak. U buni exec tizim 
    chaqiruvi bilan amalga oshiradi, bu butun xotira nusxasini birinchi 
    parametrda ko‘rsatilgan fayl tarkibiga almashtiradi.
    Umumiy holatda, exec tizim chaqiruvi uchta parametrga ega: 
    bajariladigan fayl nomi, massiv argumentlari ko‘rsatgichi va massiv 
    qatorlari ko‘rsatgichi. Execl, execv, execle va execle kabi turli xil 
    kutubxona protseduralari sizga ba’zi parametrlarni o‘tkazib yuborish 
    yoki ularni boshqa yo‘llar bilan belgilashga imkon beradi. Ushbu 
    protseduralarning barchasi bir xil tizim chaqirig‘iga murojaat qiladi.
    Linux da jarayonlarni boshqarish 
    UNIX ning klassik tizimda jarayonlarni boshqarish vositalari 
    jarayonni yaratish va yangi dasturni ishga tushurishni ikki turdagi 
    amallarga ajratadi: 


    347 

    fork tizim chaqiruvi yangi jarayonni yaratadi; 

    yangi dastur exec tizim chaqiruvi yordamida ishga 
    tushuriladi.
    UNIX da jarayon har bir alohida dastur konsepsiyasini amalga 
    oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan barcha axborot bor. 
    Linux tizimida jarayonning xususiyatlari uch guruhga bo‘linadi: 
    jarayonni, uni o‘rab turgan muhit va kontekstni identifikatsiyalash. 
    Jarayon identifikatori (PID) – bu jarayonning yagona identifikatori 
    (son); ilova boshqa jarayon uchun signal, modify yoki wait tizim 
    chaqiruvi bajarilayotganida operatsion tizimida jarayonlarga buyruqlar 
    berish uchun foydalaniladi. 
    Vakolatlar (Credentials)
    . Har bir jarayon unga bog‘liq 
    foydalanuvchi identi-fikatori va bir yoki undan ko‘p identifikatorlar 
    guruhiga ega bo‘lishi kerak.
    Shaxsni identifikatsiyalash (Personality)
    . UNIX turidagi 
    tizimlarda bu an’anaviy bo‘lmasa ham, Linux da har bir jarayon tizim 
    chaqiruvlarning semantik qatorini ma’lum tarzda modifikatsiya 
    qilishga imkon beruvchi yagona shaxsiy identifikatorga ega. U asosan 
    emulyatsiya kutubxonalarida tizim chaqiruvlarini u yoki bu maxsus 
    UNIX versiyalari (dialekti) bilan mosligi bo‘yicha so‘rov uchun 
    foydalaniladi. Jarayonning muhiti ona jarayondan olinadi; nollar bilan 
    tugatiladigan ikki vektordan iborat:

    argumentlar vektori – bajarilayotgan dasturni chaqirishda 
    foydalaniladigan buyruqlar qatorining agrumentlari ro‘yxatidan iborat; 
    an’anaviy tarzda dasturning o‘zini nomi bilan boshlanadi; 

    muhit vektori – o‘zgaruvchan muhitlarni berilgan nomlar va 
    ularning ixtiyoriy matn qiymatlarini bog‘lovchi "name=value" juftlar 
    ro‘yxati. 
    Muhitlar o‘zgaruvchilarini jarayonlar o‘rtasida uzatish va bu 
    o‘zgaruvchilarni farzand jarayonlar tomonidan qabul qilish (meros 
    qilib olish) – bu imtiyozsiz rejimda ishlaydigan tizim dasturiy 
    ta’minotining 
    komponentlariga 
    ma’lumotlarni 
    uzatishning 
    moslashuvchan vositalaridir. Muhit o‘zgaruvchilarining mexanizmi 
    butun tizimni sozlash orqali emas, balki, har bir jarayon uchun alohida 
    o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan OTni sozlash vositalarini taqdim etadi.
    Jarayon konteksti – bu bajarilayotgan dasturning vaqtning har bir 
    onida doimiy o‘zgaruvchan holatidir. Rejalashtirish konteksti – bu 
    jarayon kontekstining eng muhim qismi; bu rejalashtiruvchi jarayonni 


    348 
    vaqtincha uzilish va ishga tushurish uchun foydalanadigan ma’lumot. 
    Yadro har bir jarayon tomonidan har bir onda foydalanadigan 
    resurslar va har bir jarayon tomonidan uni yaratilishdan boshlab to 
    hozirgi vaqtigacha foydalanilgan resurslarning umumiy hajmi 
    to‘g‘risida statik ma’lumotlar saqlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Fayllar 
    jadvali – bu tizim fayl tuzilmalariga ko‘rsatkichlar vektori. 
    Kiritish/chiqarish uchun tizimli chaqirishlar bajarilganida jarayonlar 
    fayllar jadvalidagi indekslar yordamida bu tuzilmalarga havola etadi. 
    Fayllar jadvalida ochiq fayllar ro‘yxati saqlanadigan bo‘lsa, fayl 
    tizimining konteksti yangi fayllarni ochish uchun so‘rovlar uchun 
    qo‘llaniladi. Bu yerda fayllarni izlash uchun joriy ildiz (root) katalog 
    va ishchi (default) kataloglarga havolalar saqlanadi. Signallarga ishlov 
    beruvchilar jadvali tegishli signallar paydo bo‘lganida chaqirilishi 
    mumkin bo‘lgan, jarayonning manzil maydonidagi kichik dasturlarni 
    belgilaydi. Jarayonning virtual xotirasi konteksti uning shaxsiy manzil 
    maydonining barcha tarkiblarini belgilaydi.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Linuxda jarayonlarni boshqarish tizim chaqiruvi

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish