346
} else { /* bu yerda farzand kodi joylashgan */
}
Jarayonlar o‘zlarining PID-lariga ega bo‘ladilar (PID-jarayon
identifikatori). Yuqorida aytib o‘tilganidek, jarayon yaratilganda,
uning
PID-si
yangi
jarayonning
onasiga
beriladi.
Jarayon
identifikatorlari turli xil usullarda qo‘llaniladi. Masalan, farzand
jarayoni tugaganda, uning onasi yangi tugatilgan farzand jarayonining
PID-ni oladi. Bu juda muhim bo‘lishi mumkin, chunki ona jarayonida
ko‘plab farzand jarayonlari bo‘lishi mumkin. Farzand jarayonning
ham farzand jarayonlari bo‘lishi mumkin. Linux tizimida jarayonlar
bir-birlari bilan xabarlarning biron bir shaklidan foydalangan holda
aloqa o‘rnatishi mumkin. Siz ikkita jarayon o‘rtasida kanal
yaratishingiz mumkin, bunda bitta jarayon baytlar oqimini yozishi
mumkin, boshqa jarayon esa o‘qishi mumkin. Ushbu kanallar ba’zan
kanallar (pipes) deb ataladi. Jarayonni sinxronizatsiya qilish bo‘sh
kanaldan ma’lumotlarni o‘qiyotganda jarayonni blokirovka qilish
orqali amalga oshiriladi. Kanalda ma’lumotlar paydo bo‘lganda,
jarayon blokdan chiqariladi. Jarayonlar boshqa usulda - dasturiy
uzilishlardan foydalangan holda aloqa o‘rnatishi mumkin. Jarayonlar
tizimga kiruvchi signal kelganida qanday harakatlar qilish kerakligini
aytishi mumkin.