• Windowsda virtual manzil xaritasi.
  • 0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULL- ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan. 0x00010000 dan 0x7FFEFFFF
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet229/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

    Windowsda xotirani boshqarish
     
    Windows virtual xotira menejeri xotira qanday taqsimlanishi va 
    almashtirish (paging) qanday bajarilishini boshqaradi. Xotira menejeri 
    turli platformalarda ishlash va 4 Kbaytdan 64 Kbaytgacha bo‘lgan 
    sahifalar hajmidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Intel va AMD64 
    platformalarida har bir sahifada 4 Kbayt, Intel Itanium platformalarida 
    esa har bir sahifa 8 Kbayt dan tashkil topadi.
    Windowsda 
    virtual 
    manzil 
    xaritasi. 
    32-razryadli 
    platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32-
    razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb 
    virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun 
    ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda 
    2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro 
    rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini 
    birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga 
    ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan 
    holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha 
    ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki 
    64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64 
    protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32-
    razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual 
    manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
    0x00000000 dan 0x0000FFFF:
    Dasturchilarga NULL-
    ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan.
    0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: 
    Mavjud foydalanuvchi manzil 
    maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan 
    sahifalarga bo‘lingan.
     
    0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: 
    foydalanuvchi kirishi 
    mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud 
    ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni 
    osonlashtiradi.


    379 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish