172
ettira olmaydi.
B jarayonni xotiraga yuklash ta’qiqlanmagan, uni o‘rin
almashtirish maydonida xotiraga o‘tkaziladi va
A jarayonni xotiradan
diskga yuklanadi. Shundan so‘ng
A jarayon hisoblashni yakunlashi,
chop etishni bajarishi va so‘ng printerni bo‘shatishi mumkin. O‘zaro
birgalikda bloklanish sodir bo‘lmaydi.
Yuklanmaydigan resurs – hisoblash natijasida yo‘q qilib
bo‘lmaydigan joriy egasidan olib bo‘lmaydigan resurs. Agar kompakt
– diskga yozish vaqtida yozish uchun qurilmadan jarayonni to‘satdan
tortib olsa va uni boshqa jarayonga uzatsa, unda kompakt – disk
ishdan chiqish natijasini olamiz. Kompakt diskni yozish uchun
qurilma vaqtinchalik resurs ixtiyoriy vaqtda yuklanmaydi.
O‘zaro birgalikda bloklash yuklanmaydigan resurs hisoblanadi.
Berklikli holatda, ya’ni resurs ko‘rinishiga qarama-qarshi bo‘lganda,
odatda bir jarayondan boshqasiga resurslarni taqsimlashga ruhsat
beradi. Shu sababli biz e’tiborimizni yuklanmaydigan resurslarga
qaratamiz.
Resursdan foydalanish uchun zarur hodisalar ketma-ketligi
mavhum ko‘rinishi quyidagi shaklda tasvirlanadi:
Resursni so‘rash;
Resursdan foydalanish;
Resursga qaytish.
Agar resurs ruhsat etilmagan bo‘lsa, uning jarayoni so‘rovni
kutadi. Ba’zi operatsion tizimlarda avtomatik bloklaydigan jarayon
resursiga murojaat muvaffaqiyatsiz bo‘lsa va shundan so‘ng qayta
yangilansa resurs kirishga ruhsat etilgan bo‘lib qoladi. Boshqa
tizimlarda resurs so‘rovi va rad etishda xatolik kodiga murojaat etilsa,
unda chaqiriluvchi jarayon biroz kutib turishi va harakatni takroran
bajarishi mumkin.