177
4. Buyum qaytarib berilganda, kutubxonachi jurnalga tegishli
yozuvni kiritadi va uni saqlaydi.
Fayldan foydalanishning asosiy maqsadlari quyida keltirilgan:
Axborotlarni uzoq vaqt va ishonchli himoyalash. Resursga
bog‘liq bo‘lmagan saqlash qurilmasi hisobiga uzoq vaqt saqlanadi,
yuqori ishonchlilik esa faylga kirishni himoyalash vositalari va OT
dasturiy kodining umumiy tashkil etilishi bilan belgilanadi, aksariyat
hollarda qurilmaning ishdan chiqishi fayllarda saqlanadigan
ma’lumotni yo‘q qilmaydi.
Axborotlardan birgalikda foydalanish. Foydalanuvchida
fayllar bilan ishlashning qulay vositalari, shu jumladan, kataloglar-
ma’lumotnomalari, fayllarni guruhlarga birlashtirish va belgilar
bo‘yicha fayllarni izlash vositalari, fayllarni yaratish, o‘zgartirish va
o‘chirish uchun buyruqlar to‘plami bo‘lishi kerak. Fayl biron bir
foydalanuvchi tomonidan yaratilgan bo‘lishi, boshqa biri undan
foydalanishi mumkin, shu sababli faylni yaratuvchisi yoki ma’mur
boshqa foydalanuvchilarni unga kirish huquqini belgilashi mumkin.