190
Fayl tizimi turli xil fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi
va ular
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Odatiy fayl;
Fayllar – katalogi;
Maxsus fayllar;
Nomlangankanallar (yoki konveyerlar);
Xotirada akslanadigan fayllar.
Odatiy fayllar(yoki oddiy fayllar)– o‘z
ichiga foydalanuvchi
yoki foydalanuvchi dasturi va tizimda ishlashi natijasida shakllangan
ixtiyoriy xarakterli axborotlarni oladi. Ko‘plab zamonaviy operatsion
tizimlar (masalan, Unix, Windows) odatiy fayl tuzilishini cheklamaydi
va nazorat qilmaydi. Odatiy fayllar u bilan birga ishlaydigan ilovalarni
aniqlab oladi. Masalan, matn tahrirlagichi
biron bir kod bilan taqdim
etiladigan belgi qatorlaridan iborat mantli faylni yaratadi. Bu hujjat,
dastur boshlang‘ich matni yoki boshqalar bo‘lishi mumkin. Matnli
faylni ekranda o‘qish va printerda chop etish mumkin. Ikkilik fayllari
belgi kodlaridan foydalanmaydi, ular ko‘pincha murakkab strukturaga
ega bo‘ladi, masalan dastur kodini bajarilishi yoki arxiv fayllari.
Barcha operatsion tizimlar hech bo‘lmaganda bitta fayl turini aniqlay
olishi kerak. Ko‘p foydalanuvchilik tizimli
fayl tizimida yana bir
masala – bir foydalanuvchi fayliga boshqa bir foydalanuvchini ruhsat
etilmagan kirishidan himoyalash qo‘shiladi. Fayl tizimi funksiyasi
yana bir murakkab ta’rafi operatsion tizim tarmoq tarkibida ishlashi.
Kataloglar – fayllar to‘plami, biron bir noformal ko‘rinishi
bo‘yicha foydalanuvchi guruhlari to‘g‘risida axborot ma’lumotnoma
tizimini o‘z ichiga oladi. Kataloglar fayl tizimini qo‘llab-
quvvatlaydigan tizim fayllari. Ko‘plab OT lar katalogida istalgan
turdagi fayllarni kiritish mumkin.
Boshqa kataloglarda esa, izlash
uchun qulay bo‘lgan daraxtsimon strukturani shakllantirish hisobiga
bo‘ladi. Kataloglar fayl nomlari va
fayllarni boshqarish uchun
foydalanadigan xususiyatlar o‘rtasidagi yozishmalarni o‘rnatadilar.
Ushbu xususiyatlar fayl turini, faylga ruxsatni,
uni diskka
joylashtirishni, hajmini, yaratilish sanasi va vaqtini va boshqalarni o‘z
ichiga oladi. Katalog bilan qolgan barcha munosabatlar oddiy
fayllardagi kabi fayl tizimida ko‘rib chiqiladi.
Maxsus fayllar – tashqi qurilmalar (terminallar, printerlar va
boshqalar)
va
faylga
kirish
mexanizmi
soddalashtirishda
foydalaniladigan kiritish/chiqarish qurilmalari bilan bog‘langan
191
fayllar. Maxsus fayllar faylni o‘qish yoki
yozish buyruqlari orqali
kiritish/chiqarish operatsiyalarini bajarishda foydalanuvchiga yordam
beradi. Blokli maxsus fayllar disklarni modellashtirish uchun
ishlatiladi.