246
mumkin. A har safar xabar yuborishi bilan u foydalanuvchi agentini
chaqiradi, u esa o‘z navbatida MTA mijozini chaqiradi. MTA mijozi
doimiy ravishda ishlaydigan tizimdagi MTA serveri bilan aloqani
o‘rnatadi. Tizim qabul qilingan barcha xabarlarni navbatga qo‘yadi.
Keyin MTA mijozidan xabarlarni B ga yuborish uchun foydalanadi;
tizim xabarni oladi va uni B ning pochta qutisiga saqlaydi.
O‘ziga qulay bo‘lganida, B o‘zining foydalanuvchi agentidan
xabarni olish uchun foydalanadi va uni o‘qiydi. E’tibor bering, bizga
ikkita juft MTA mijoz-server dasturlari kerak. Yuboruvchi pochta
serveriga LAN yoki WAN orqali ulanganda bizga ikkita UA va ikki
juft MTA (mijoz va server) kerak bo‘ladi.
7.10- rasm. Uchinchi senariy