|
U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev Pdf ko'rish
|
bet | 165/242 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #131625 |
Bog'liq osDomen nomi maydoni
Nomlarning ierarxik maydoniga ega bo‘lish uchun, domen
nomining maydoni yaratilgan. Ushbu dizayndagi nomlar tepada
joylashgan ildiz (root) bilan teskari ko‘rinishdagi daraxt shaklida
tuzilgan. Daraxt faqat 128 darajaga ega bo‘lishi mumkin: 0
darajasidan (ildiz, yoki root) 127 darajagacha (7.34- rasmga qarang).
7.34- rasm. Domen nomi maydoni
Belgi
Ildiz (root)
com
net
org
edu
gov
pro
285
Daraxtning har bir tugunida belgi mavjud, u 63 belgidan iborat
satr. Ildiz (root) belgisi - bu null string, ya’ni bo‘sh satr. DNS,
tugunning ostki qismlari (bitta tugunning ostki tugunlar) turli xil
belgilarga ega bo‘lishini talab qiladi, bu domen nomlarining
noyobligini kafolatlaydi.
Domen nomi
Daraxtdagi har bir tugun domen nomiga ega. To‘liq domen nomi
- bu nuqta (.) bilan ajratilgan belgilar ketma-ketligi. Domen nomlari
har doim tugundan ildizgacha (root) o‘qiladi. Oxirgi belgi - bu
ildizning belgisi (null). Bu shuni anglatadiki, to‘liq domen nomi har
doim nol belgisida tugaydi, ya’ni oxirgi belgi nuqta degan ma’noni
anglatadi, chunki bo‘sh qator hech narsa emas. 7.35- rasmda ba’zi
domen nomlari keltirilgan.
7.35- rasm. Domen nomi va belgilar
Domen
Domen bu domen nomi maydonining ost-daraxti. Domenning
nomi ost-daraxtning yuqori qismida joylashgan tugunning nomi. 7.36-
rasmda ba’zi domenlar ko‘rsatilgan. Domenlar boshqa domenlar
uchun foydalanilishi mumkin, odatda bu ost-domenlar deb ataladi.
Ildiz (root)
Belgi
Belgi
Belgi
Belgi
Domen nomi
Domen nomi
Domen nomi
Domen nomi
edu.
edu
tuit
tuit.edu.
ttf
ttf.tuit.edu.
opertizim.ttf.tuit.edu.
opertizim
Ildiz (root)
|
| |