283
3. Har bir kompyuter yuklangandan so‘ng bitta DNS serverning
manzilini biladi. DNS mijoz DNS serverga DNS serverning ma’lum
IP manzilidan foydalanib, fayl jo‘natish serverining nomini beradigan
so‘rov bilan xabar yuboradi.
4. DNS server kerakli fayl jo‘natish serverining IP manzili bilan
javob beradi.
5. DNS mijozi IP manzilni fayl jo‘natish serveriga yuboradi.
6. Endi fayllarni jo‘natish mijozi fayllarni jo‘natish serveriga
kirish uchun qabul qilingan IP manzilidan foydalanadi.
E’tibor bering, Internetga kirishning maqsadi fayllarni jo‘natish
mijozi va server o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir, ammo bu sodir
bo‘lishidan oldin DNS mijoz va DNS server o‘rtasida boshqa ulanish
kerak. Boshqacha aytganda, biz ikkita ulanishga muhtojmiz; masalan,
birinchisi, nomni IP manzilga solishtirish uchun; ikkinchisi fayllarni
jo‘natish uchun.