• Operatsion tizimning xavfsizlikda tutgan o‘rni
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/242
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #131625
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   242
    Bog'liq
    os

    Tarmoq xavfsizligi: tarmoqdagi qurilmalarning o‘zaro ta’siri 
    bilan bog‘liq barcha muammolarni anglatadi: 
     
    Aloqa liniyalari orqali ma’lumotlarning uzatilish davrida 
    himoyalash; 
     
    Tarmoqqa masofadan ruhsat etilmagan murojaatlardan 
    himoyalash. 


    295 
    Ba’zida kompyuter va tarmoq xavfsizligi muammolarini bir-
    biridan ajratish qiyin bo‘lsa ham, ular bir-biri bilan chambarchas 
    bog‘liq, ammo tarmoq xavfsizligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
    Tarmoq xavfsizligining xususiyatlari: 
     Tarmoqda ishlayotgan vaqtingizda kompyuteringizdan 
    boshqa foydalanuvchiga mantiqiy kirishkasbiy, lavozimli holat 
    bo‘ladi. Bunday holatda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun har bir 
    foydalanuvchini nazoratga olish zarur, ya’ni ularni tarmoqda aniq 
    belgilangan funksiyalari mavjud bo‘lishi va resurslarga murojaat 
    qilish darajalari belgilab berilgan bo‘lishi zarur. 
     Tarmoq tabiati bo‘yicha yana bir turdagi xavf mavjud, ya’ni 
    tarmoq bo‘ylab uzatilayotgan axborotni tutib olish va tahlil qilish
    shuningdek «yolg‘on» trafiklarni yaratishdir. Tarmoq xavfsizligini 
    ta’minlashga qaratilgan vositalarni kattagina qismi aynan shu turdagi 
    buzilishlarni oldini olishga qaratilgan.
    Operatsion tizimning xavfsizlikda tutgan o‘rni 
    Operatsion tizim kompyuter tizimining xavfsizligida muhim rol 
    o‘ynaydi, chunki u tizimning barcha qismlariga kirish huquqiga ega. 
    Operatsion tizim darajasidagi har qanday zaifliklar butun tizimni 
    hujum uchun ochadi. Operatsion tizim qanchalik murakkab va kuchli 
    bo‘lsa, uning hujumlarga nisbatan zaiflik ehtimoli shunchalik yuqori 
    bo‘ladi. Natijada, tizim ma’murlari o‘zlarining operatsion tizimlarini 
    hujumlardan va mumkin bo‘lgan nosozliklardan himoya qilishning 
    barcha vositalarini ko‘rib chiqishlari kerak.

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   242




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish