• Hypertext Transport Protocol Secure (HTTPS)
  • IP Security (IPsec) -Internet Protocol Security
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/242
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #131625
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242
    Bog'liq
    os

    Secure Shell (SSH) - bu uzoq masofadagi kompyuterlarga kirish 
    uchun foydalaniladigan Telnet protokoliga shifrlangan alternativa. 
    SSH Linux/UNIXga asoslangan buyruq interfeysi va masofadan turib 
    kompyuterga xavfsiz kirish uchun protokol. SSH aslida uchta 
    yordamchi dasturlarning to‘plami bo‘lib, slogin, ssh va scp 
    himoyalanmagan UNIX utilitalarini versiyalarini himoyalash uchun 
    qo‘llaniladi. Ular quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: 
     slogin – masofadagi kompyuterga kirish; 
     scp – masofadagi kompyuterlar o‘rtasida fayllarni nusxalash; 
     ssh – masofadagi host kompyuterga kirmagan holda 
    buyruqlarni bajarish; 
    Ulanishning mijoz va server qismlari raqamli sertifikat 
    yordamida autentifikatsiya qilingan va mahfiy so‘z (parol)lar shifrlash 
    bilan himoyalangan. SSH-ni hatto tarmoqning xavfsiz zaxira nusxasini 


    328 
    yaratish vositasi sifatida ishlatish mumkin. SSH ning birinchi 
    versiyasi 1995-yilda Xelsinki Texnologiyalar Universitetining 
    tadqiqotchisi tomonidan universitet parolni o‘g‘irlash xurujining 
    qurboni bo‘lganidan keyin chiqilgan. 
    Hypertext Transport Protocol Secure (HTTPS). TLS va SSL-
    ning keng tarqalgan foydalanish maqsadlaridan biri bu brauzer va veb-
    server o‘rtasida Hypertext Transport Protocol (HTTP) aloqasini 
    ta’minlashdir. Ushbu himoyalangan versiya aslida "oddiy" HTTP 
    bo‘lib, u SSL yoki TLS orqali yuborilgan va Hypertext Transport 
    Protocol Secure (HTTPS) deb nomlanadi. HTTPS HTTP 80 portining 
    o‘rniga 443 portidan foydalanadi. Foydalanuvchilar URL manzillarini 
    http:// o‘rniga https:// bilan kiritishlari kerak. HTTP uchun boshqa 
    kriptografik transport protokoli Secure Hypertext Transport Protocol 
    (SHTTP) edi. Biroq, bu HTTPS kabi xavfsiz emas edi va hozir 
    eskirgan deb hisoblanadi. 
    IP Security (IPsec) -Internet Protocol Security - Internet 
    protokoli (IP) aloqasini himoyalash uchun protokol to‘plami. IPSec 
    hostlar yoki tarmoqlar o‘rtasidagi har bir seansning IP-paketini 
    shifrlaydi va autentifikatsiyalaydi. IPSec SSL yoki TLSga qaraganda 
    ancha kengroq doiradagi dasturlarni himoya qilishi mumkin. IPsec 
    xavfsizlikning shaffof protokoli hisoblanadi. Bu quyidagilar uchun 
    shaffofdir: 
     Ilovalar (applications). IPsec ostida ishlash uchun dasturlarni 
    o‘zgartirish kerak emas. 
     Foydalanuvchilar. Ba’zi xavfsizlik vositalaridan farqli 
    o‘laroq, foydalanuvchilarga xavfsizlikning muayyan protseduralari 
    bo‘yicha o‘qitish kerak emas. 
     Dasturiy ta’minot. IPsec firewall yoki marshrutizator kabi 
    qurilmada amalga oshirilganligi sababli, dasturiy ta’minotda hech 
    qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligi kerak. 
    Foydalanuvchi 
    dasturining 
    bir 
    qismi 
    sifatida 
    amalga 
    oshiriladigan SSLdan farqli o‘laroq, IPsec operatsion tizimda yoki 
    aloqa apparatida joylashgan. IPsec boshqa tizim dasturlari va 
    qo‘shimcha qurilmalar bilan yaqin hamkorlik qilishi mumkinligi 
    hisobiga tezroq ishlaydi. 
    IPsec protokollarga mos keladigan uchta himoya sohasini 
    ta’minlaydi: 


    329 
    Autentifikatsiya. Haqiqiylikni tekshirish. IPsec olingan 
    paketlar manbadan yuborilganligini tasdiqlaydi. Bu - paketning 
    sarlavhasida ushbu paket tarkibini o‘zgartiradigan bironta ham 
    tarmoqdagi hujum yoki takroran hujum qilinmaganligiga ishonch 
    hosil qilish uchun belgilangan. Bu Autentifikatsiya sarlavhasi 
    (Authentication Header - AH) protokoli orqali amalga oshiriladi. 
    Maxfiylik. Paketlarni shifrlash bilan IPsec boshqa hech kim 
    tarkibni ko‘rishga imkon bermasligini ta’minlaydi. Maxfiylikka 
    Encapsulating Security Payload (ESP) protokoli orqali erishiladi. ESP 
    jo‘natuvchini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarni shifrlashni 
    qo‘llab-quvvatlaydi. 
    Kalitlarni boshqarish. IPsec kalitlarni ularni ruxsatsiz 
    shaxslar 
    tomonidan 
    ushlab 
    qolinmasliklari 
    yoki 
    ulardan 
    foydalanmasliklari uchun boshqaradi. IPsec ishlashi uchun yuborish 
    va qabul qilish moslamalari kalitni bo‘lishishlari kerak. Bu Internet 
    xavfsizlik assotsiatsiyasi va kalitlarni boshqarish protokoli/Oakley 
    (Internet Security Association and Key Management Protocol/Oakley 
    - ISAKMP/Oakley) deb nomlanadigan protokol orqali amalga 
    oshiriladi, u kalitni yaratadi va raqamli sertifikatlar kabi usullardan 
    foydalangan holda foydalanuvchini tasdiqlaydi. 
    IPsec ikkita shifrlash rejimini qo‘llab-quvvatlaydi: transport va 
    tunnel. Transport rejimi faqat har bir paketning ma’lumotlar qismini 
    (yuklamani) shifrlaydi, lekin sarlavha shifrlanmagan holda qoladi. 
    Keyinchalik xavfsiz tunnel rejimi sarlavhani va ma’lumotlar qismini 
    shifrlaydi. IPsec IP paketiga yangi sarlavhalarni qo‘shish orqali 
    transport va tunnel rejimlarini bajaradi. So‘ngra to‘liq to‘plam 
    (sarlavha va yuklama) yangi paketning ma’lumotlar qismi sifatida 
    ko‘rib chiqiladi. Bu 8.9- rasmda ko‘rsatilgan.
    8.9- rasm. Tunel rejimidan foydalanuvchi yangi IPsec paketi 
    Yangi sarlavha 
    Asosiy Sarlavha 
    TCP 
    Asosiy yuklama 
    Asosiy paket 
    Yangi yuklama 
    Yangi paket 


    330 
    Tunnel rejimi butun paketni himoya qilganligi sababli, odatda 
    tarmoqdan tarmoqqa ulanishda ishlatiladi. Transportlash rejimi 
    qurilma paketni yo‘naltirishi uchun manba va qabul qiluvchi 
    manzillarini ko‘rishi kerak bo‘lganda ishlatiladi. Masalan, mijoz 
    kompyuteridan mahalliy IPsec-ga ulangan firewall orqali yuborilgan 
    paket transport rejimida yuboriladi, shunda paket mahalliy tarmoq 
    orqali uzatiladi. U firewallga yetib borgach, Internetga yuborilishidan 
    oldin u tunnel rejimiga o‘zgartirildi. So‘ngra qabul qiluvchi firewall 
    dastlabki paketni oxirgi manzil kompyuteriga yuborilishidan oldin 
    chiqarib tashlaydi, shifrlaydi va haqiqiyligini tekshiradi. 
    IPv4da IPsec ixtiyoriy protokoldir. IPv6da, IPsec IP protokoli 
    bilan birlashtirilgan va barcha paketlarda mavjud. Barcha IPv6 
    tugunlari IPsec ga ega bo‘lishi kerak, ammo IPsec ning IPv6 dan 
    amalda foydalanish ixtiyoriydir. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish