358
Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o‘rnatish
mumkin va u quyidagicha o‘rnatiladi:
/etc/fstab fayli o‘zgartiriladi.
/dev/sda5/ext3 defaults, data=journal 1 1
Ext3 fayl tizimida disk bo‘limlarining maksimal qiymati 4
Tbayt, lekin Linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib
belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo‘lishi mumkin.
Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin.
Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri
hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida
paydo bo‘lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo‘lsak, Ext4 fayl
tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bu tizimda disk bo‘limining maksimal qiymati 1024Pbayt
(1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.