91
3.3- rasm. Bir nechta dasturlarning virtual manzil maydonlari
O‘zgaruvchining virtual manzillari va turli xil jarayonlar
ko‘rsatmalarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi nizolarga olib kelmaydi,
chunki ushbu o‘zgaruvchilar bir vaqtning o‘zida xotirada bo‘lganida,
operatsion tizim ularni turli xil fizik manzillarga joylashtiradi. Turli
xil operatsion tizimlar virtual manzillar maydonini tuzishning turli
usullaridan foydalanadilar. Ular chiziqli va segmentli. Ba’zi bir
operatsion tizimlarda, fizik xotira singari, jarayonning virtual
manzillar maydoni doimiy ravishda virtual manzillarning ketma-
ketligi sifatida taqdim etiladi. Manzil maydonining bunday tuzilishi
chiziqli deb nomlanadi. Boshqa operatsion tizimlarda virtual manzillar
maydoni segmentlar (yoki bo‘limlar, yoki maydonlar yoki boshqa
atamalar) deb nomlangan qismlarga bo‘linadi.