|
KONIMEX TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI
|
bet | 111/123 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 8,27 Mb. | | #109374 |
Bog'liq Уч ўлчовли моделлаштириш ЎАKONIMEX TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI
UCH O’LCHOVLI MODELLASHTIRISH
O’QUV AMALIYOTIDAN
BAHOLASH MEZONI
2021-yil
“UCH O’LCHOVLI MODELLASHTIRISH” O’QUV AMALIYOTIDAN O’ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH
O’quvchining amaliyot bo’yicha o’zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat (JN)
Oraliq nazorat (ON)
Yakuniy nazorat (YaN)
Joriy nazorat - o’quvchining amaliyot mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat amaliyotning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin
Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (amaliyotning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin o’quvchining bilim va amaliy ko’nikma darajasini anglash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va h.k.) o’quv amaliyotiga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari bizilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat – semester yakunida muayyan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan test shaklida o’tkaziladi.
Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kengash qarori asosida ko’pi bilan 40 % fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (o’g’zaki, test va h.k.) o’tkazilishi mumkin. O’quvchilar bilimini baholash quyidagi na’munaviy mezonlar asosida amalgam oshiriladi.
|
| |