|
Uch o’lchovli modellashtirish” o’quv amaliyotidan
|
bet | 112/123 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 8,27 Mb. | | #109374 |
Bog'liq Уч ўлчовли моделлаштириш ЎАJoriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo’lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
voqea-hodisalarni o’zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy va mantiqiy to’g’ri talqin etsa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini tushungan bulsa;
vazifani mustaqil bajara olsa;
jadvallar va boshqa chizmalarni to’g’ri chizgan va voqea-hodisalarni o’zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini talqin etishda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ysa;
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O’rta bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo’lsa;
jadvallar va boshqa chizmalarni deyarli to’g’ri chizgan, ammo talqin etishda chalkashliklarga yo’l qo’ysa;
ishda ayrim kamchiliklar bo’lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Baholash mezoni
Uch o’lchovli modellashtirish o’quv amaliyoti bo’yicha o’quvchining II-semestr mobaynida to’plashi mumkin bo’lgan umumiy bali (Rsemestr) maksimum 5 balni tashkil qilib, quyidagicha hisoblanadi:
Rsemestr* =
|
JN * ON * YaN
3
|
Bu yerda:
JN – o’quvchining semestr davomida joriy nazorat bo’yicha butun songa yaxlitlangan o’rtacha bali.
Ushbu amaliyotdan semestr davomida o’quvchi kamida 12 marotaba baholanadi.
ON – o’quvchining semestr davomida oraliq nazoratlar bo’yicha butun songa yaxlitlangan o’rtacha bali.
I va II-semestrlarda talabalar ikki marotabadan ONdan o’tadilar.
YaN – o’quvchining semestr davomida barcha mavzulardan olgan bilimlarini test orqali tekshirilishi va baholanishidir.
Uch o’lchovli modellashtirish o’quv amaliyoti bo’yicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda to’plangan umumiy ballarning o’rtachasi olinadi:
|
| |