|
Uchburchak
|
bet | 9/33 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 18,08 Mb. | | #147124 |
Bog'liq UchburchakInterpretasiya Foydalanuvchining qidiruv soʻrovnmasi qidirsh jarayoni boshlanishidan oldin kerakli qidiruv algoritmiga tushunarli qilib interpretasiya(tarjima) qilinadi.Bu esa oʻz navbatida soʻrov sintaksisini imkon qadar soddaroq qilish va murakkab soʻrovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Koʻplab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi Bul operasiyalari yordamida turli kalit-soʻzlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi.Natijada esa maʼlum kalit-soʻzga ega web-sahifani topish imkoni paydo boʻladi. Eng yangi qidiruv tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini boʻlib, uni semantik qidiruv tizimi deb atashadi. Eng koʻp qoʻllaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari Eng koʻp qoʻllaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbaʼi sifatida, matnli maʼlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa indeks yaratishdan foydalanadi.Soʻrovnimani interpretasiya qilish koʻpincha sodda sintaksisga asoslanga holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi hosoblanmish Google, Yahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda ishlaydi. Natijani koʻrsatish Qidiruv natijasi koʻrsatadigan sahifa koʻpgina qidiruv tizimlari tomonidan ikkiga: tabiiy roʻyxat va homiylar linklariga ajratiladi. Homiylar linklari toʻlov asosida qidiruv indeksiga kiritilgan boʻlsa, tabiiy roʻyxatda qidirilayotgan kalit-soʻz qatnashgan boʻlsagina koʻrsatiladi.Foydalanuvshiga qidiruv tizimidan foydalanishni osonlashtirih maqsadida natijalar muvofiqlik boyʻicha (Ranking) saralanadi, lekin har bir qidiruv tizimi saralash uchun oʻz meʼyorlariga egadir. Bu meʼyorlarga quyidagilar kiradi:
maʼlumotning ahamiyati (Google uchun PageRank-koʻrsatkichi)
har bir topilgan malumotda qidirilayotgan kalit-soʻzning qanchalik koʻp uchrashi va joylashgan oʻrni
soʻralgan maʼlumotni baholash va soni
boshqa sahifalardan ushbu kalit-soʻz qatnashgan sahifaga qanchalik koʻp linklar berilganligi
link beriladigan sozlardir.
|
| |