• ANNOTATSIYA
  • ABSTRACT
  • Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”




    Download 24,4 Kb.
    bet1/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi24,4 Kb.
    #122966
      1   2   3
    Bog'liq
    rahbar-faoliyatida-boshqaruv-qarorlarini-qabul-qilish-tamoyillarini-ijtimoiy-psixologik-xusususiyatlari



    Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”

    ISSN 2181-1784


    RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI


    Nazarov Azamat Sattarovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi a.nazarov.80@mail.ru


    ANNOTATSIYA


    Maqolada rahbar faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish darajalari va bosqichlarini ijtimoiy-psixologik xusususiyatlari tahlil etilgan. Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki, to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun rahbar psixologik jihatdan ham ma’lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, rahbar muammoli vaziyat haqida ma’lumot yig‘ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur - informasion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma’lumotning to‘la-to‘kisligi, har tomonlamaligiga bog‘liq.
    Kalit so‘zlar: boshqaruv, qaror qabul qilish, boshqaruv qarorlari, shaxs, personal, rahbar, menejment, qaror qabul qilish bosqichlari.

    ABSTRACT


    The article analyzes the socio-psychological characteristics of the levels and stages of management decision-making in the activities of the leader. Knowing the psychological aspect of the decision-making process allows for more effective implementation of existing steps. The point is, in order to make the right decision and implement it effectively, a leader must follow certain psychological steps. The essence of this event is that as the leader gathers information about the problem situation, he begins to create a basic idea of the problem - an information model. The completeness and comprehensiveness of the information obtained depends on the accuracy of the model and the current situation.
    Keywords: management, decision making, management decisions, person, staff, leader, management, decision making stages.
    Zamonaviy boshqaruvda qarorlarni to‘g‘ri tayyorlash va qabul qilish ijtimoiy- siyosiy, ijtimoiy-psixologik va iqtisodiy hayotning barcha sohalarida boshqaruv samaradorligiga erishish ikoniyatini yaratadi.

    Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni yuqori malaka va amaliy ish tajribasini talab qiluvchi mehnat faoliyatining alohida turidir. Odatda, boshqaruv qarorlari qabul qilish biron-bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, ma’lum qoida, aniq harakatlar doirasida amalga oshiriladi.
    Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ko‘p omillilik tamoyili kuchga kiradi. Shunday omillardan biri shaxsiy kompetentli omil hisoblanadi.
    Mazkur omilni qaror qabul qilish jarayonidagi o‘rnini ko‘rsatish uchun “Ringi” usulidan foydalanish mumkin. “Ringi” usuli yapon biznesida keng qo‘llaniladigan usuldir. Bu usulga ko‘ra majlislarda emas, balki so‘rab chiqish yo‘li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (1-rasm).

    Download 24,4 Kb.
      1   2   3




    Download 24,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”

    Download 24,4 Kb.