“Ringi” usulini qo‘llash bosqichlari




Download 24,4 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2023
Hajmi24,4 Kb.
#122966
1   2   3
Bog'liq
rahbar-faoliyatida-boshqaruv-qarorlarini-qabul-qilish-tamoyillarini-ijtimoiy-psixologik-xusususiyatlari

“Ringi” usulini qo‘llash bosqichlari


1-rasm



T/R

Bosqichlar

Izoh

1.

Birinchi bosqich

Bu bosqichda tashkilot rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo‘lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarish)ga doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o‘rtaga tashlaydi.

2.

Ikkinchi bosqich

Muammo «pastga», ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog‘onaga uzatiladi.

3.

Uchinchi bosqich

Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.

4.

To‘rtinchi bosqich

Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar o‘tkaziladi.

5.

Beshinchi bosqich

Bu bosqichda xujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o‘z muhrini bosadi va xujjat tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

Yaponiyada “Ringi” usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko‘rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo‘lgani uchun yapon matbuotida uning sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo‘lsa-da, uni qo‘llashdan voz kechish to‘g‘risida hech narsa deyilmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og‘ish sodir bo‘ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug‘iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo‘lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo‘llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning yechimi bo‘yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko‘rsatib berilishi mumkin. Masalan, g‘alla yetishtirishni keskin ko‘paytirish va g‘alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo‘yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni yetishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don yetishtirishga ko‘chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko‘radi.
Bu yerda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo‘lgan don mahsulotini yetishtirishdir. Shunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi.
Qaror qabul qilish jarayonida vaqt omili ikki xil nuqtai nazardan tushuntiriladi: birinchidan, qaror qabul qilishda vaqtning cheklanganligi yoki cheklanmaganligi, ikkinchidan, qaror qabul qilishda ijroning bajarilishiga ketadigan vaqt. Vaqt omili ikkala holda ham qaror ijrosining sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt omilini biz quyida birinchi ma’noda qo‘llaymiz.
Ma’lumki, vaqtning oqimi vaziyatlarni o‘zgartirishi mumkin. Agar vaqt jihatdan chiqarilgan qaror eskirib qoladigan bo‘lsa, chiqarilgan qaror ham o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin. Chegaralangan vaqt birligida qaror qabul qilish esa insondan
birmuncha qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi tabiiy. Shunday insonlar borki, ular vaqtning chegaralanganligida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin. Natijada yo sifatsiz qaror qibul qilinadi, yoki xato qaror qabul qilinadi. Ayniqsa, noaniq vaziyatlarda chegaralangan vaqt birligida qaror qabul qilish vaziyatni yanada mushkullashtiradi. Shuning uchun rahbar qaror qabul qilayotganda ,albatta, vaqt omilini rejalashtirgan holda inobatga olmoqligi darkor.
Shuningdek, qaror qabul qilishda qarorning ijrosi uchun ajratilgan vaqt birligini ham e’tiborga olish talab etiladi. Qarorni uzoq muddat qabul qilib, ijroga oz muddat qoldirilishi ham qaror qabul qilishning e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan jihati hisoblanadi.
Informatsiya – konkret vaziyatlardan chiqish uchun to‘plangan to‘plami ma’lumotlar hisoblanadi. U muammoni hal etish uchun zarur. Ba’zida optimal qaror chiqarish uchun ma’lumotlar yetishmaydi yoki noaniq ma’lumotlarga ega bo‘linadi. O‘zgarib turadigan ma’lumotlar mavjud. Ular ham optimal qaror qabul qilish uchun bir qadar xavf tug‘diradi. Shuning uchun rahbarlar qo‘shimcha informatsiyalar olishga harakat qiladi.

Download 24,4 Kb.
1   2   3




Download 24,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ringi” usulini qo‘llash bosqichlari

Download 24,4 Kb.