|
-rasm. A.Navoiy, Qo‘qon va Nodira ko‘chalari kesishmalari chorrahasidaBog'liq chorraha-o-tkazuvchanligini-oshirish-metadalogiyasi-namangan-shahri-misolida
3-rasm. A.Navoiy, Qo‘qon va Nodira ko‘chalari kesishmalari chorrahasida
svetaforni tartibga solishning mavjud rejimlari.
Shuningdek, chorrahadagi svetaforni tartibga soluvchi ishoralari (rejimlari)
taxlil qilindi [10-18].
Svetaforning
boshqarish
rejimlarini
optimallashtirish
orqali
o‘tkazuvchanligini oshirish uchun, yo‘l va avtomobillarning texnik
parametrlariga qarab ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Shuning uchun, o‘tkazish
qobilyati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni olish uchun turli xil yo‘l
"Экономика и социум" №5(108)-2 2023 www.iupr.ru
198
sharoitlarida
oqimdagi
avtomobillarning
o‘zaro
ta’siri
tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak bo‘ladi [9-11].
- Chiziq kengligi,
- Ko‘chada to‘xtash joyi mavjudligi
- Bo‘ylama qiyaligi
- Jamoat transporti bekatlarining mavjudligi
- Xudud turi
- Chapga va o‘ngga burilish yo‘nalishlari
- Piyodalar harakatining mavjudligi
- Boshqariladigan fazalar soni
- Tartibga solish siklining davomiyligi
Avtomatlashtirilgan boshqaruv bilan kesishishning o‘tkazuvchanligini
oshirish uchun boshqarish rejimlarini optimallashtirishda to‘xtash chizig‘i
kesimida qatnov qismining harakatlanish chizig‘ining o‘tkazuvchanligi
quyidagilar bilan aniqlanadi:
- chorrahada harakatlanayotgan barcha avtomashinalar svetafor oldida
kechikishi mumkin, bu esa qatnov qismi imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan
holda katta zichlikdagi transport oqimlari mavjud bo‘lganda amalda sodir bo‘ladi.
- svetoforning signali yoqilgandan so‘ng chorraha oldida avtomashinalar
navbati hosil bo‘lganligi sababli chorraha bo‘ylab harakatlana boshlagan transport
vositalarining tezligi va ular orasidagi vaqt oralig‘i qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar bir xil bo‘ladi.
Yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lganda, to‘xtash chizig‘i qismida qatnov
qismining bir bo‘lagining o‘tkazish qabul qilingan metodika bo‘yicha
hisoblangan algoritmi
Chorrahasida svetoforni tartibga solish rejimlarining ta’sirini baholash
uchun A.Navoiy, Qo‘qon va Nodira ko‘chalari kesishmasi chorrahasida yo‘l
harakati parametrlari bo‘yicha biz svetoforni o‘rnatishning signal rejasini
o‘zgartirish orqali transport holatini simulyatsiya qilamiz. Shu bilan birga,
ikkinchi bosqich o‘zgarishsiz qoladi (30 s), chunki bu vaqt piyodalar piyodalar
o‘tish joyidan o‘tishlari uchun zarurdir.
Birinchi bosqichning vaqti 30 s dan 55 s gacha (dastlabki vaqt 30 s) 5
sekundlik bosqichlarda o‘zgaradi (4-rasm).
Simulyatsiya natijalari - turli xil svetoforlarni boshqarish rejimlari uchun
ko‘rib chiqilayotgan uchastkalarning o‘tkazuvchanligi xar xil bo‘lashini
ko‘rishimiz mumkin [11-22].
|
| |