Uglevodorod gazlarining quvur ichki devorlarida gidrat hosil bo’lishini hisobga olgan holda matematik modellashtirish




Download 496.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.04.2023
Hajmi496.45 Kb.
#54657
1   2   3   4
Bog'liq
2743-Article Text-5593-1-10-20220323
YN talabalarga berishga, Рапорт должнось, 110318, 2-maruza, 164709 (1), 6-laboratoriya mashgulot, Scan 05 dek 22 · 10·36·52 физика, O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular, Документ Microsoft Word, bir-fazali-qisqa-tutashtirilgan-kuch-avtotransformatorining-nosemmetirik-rejimlarini-matlab-simulingda-tadqiq-qilish, Pedagogik-Web-dizayn.Юлдашев-У, 3-Maruza, @10, To’lqin o’tkazgichlar (volnovodlar), 6-mavzu. Ilmiy uslub janrlari. Esse, doklad, ma’ruza, tezis, kur
Raqamlashtirilgan tadqiqot. Ishlab chiqilgan matematik model asosida yer osti 
quvuridagi gaz oqimining parametrlari quvurning ichki devorlarida gazgidratning 
hosil bo’lishini hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan. Hisoblashda quyidagi 
parametrlardan foydalanilgan: quvur liniyasi uzunligi L = 10 km, a
0
= 0,11 m
tuproqning boshlang’ich harorati T
G
 = 6 
0
C, quvur liniyasiga kirish harorati T
0
 = 50 
0
C, gazning massaviy sarfi m
g
= 0,7 kg/s, quvur liniyasi kirishidagi namlik miqdori 
k
w0
 = 3 10-3. 
Quvurning kirish qismidagi bosim p
0
doimiy va 3,2 MPa ga teng bo’lsin. 1-
rasmdan ko’rinib turibdiki, Z = 2 km da oqim harorati T gidrat hosil bo’lish harorati 
Ts ga teng, ya'ni ushbu qismdan va quyi oqimdan boshlab, quvur liniyasining ichki 
devorlarida gazgidratlari paydo bo’lishi mumkin. 
Gaz oqimining harorat pasayishining oldingi holatidan 30 kunlik davr 
mobaynida eng tor nuqtadagi oqim maydoni 35% gacha kamaydi (2-rasm). Vaqt 
o’tishi bilan quvur liniyasida o’tish qismining torayishi tufayli quvurdan gazning 
chiqish nuqtasida bosim pasayadi, bu gazning adiabatik kengayishi tufayli quvurning 
tor qismida haroratning pasayishiga olib keladi. Bu esa, natijalarga ko’ra, gazgidrat 
hosil bo’lish jarayonini kuchaytiradi. Gidrat hosil bo’lish zonasi statsionar emas va 
o’ngga siljiydi (2-rasm). 
 
1-rasm. Vaqtning boshlang‘ich momentida temperaturaning z koordinatasiga qarab 
o’zgarishi 
Shuningdek, cho’kindilarning boshlanishi ikki xususiyat bilan tavsiflanadi: 
gidratlar qattiq cho’kindi qatlamining chap chetida parchalanadi va cho’kindi 
qalinligining oshishi quyi oqimda sodir bo’ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
196


2-rasm. Quvurning ichki devorlaridagi gazgidrati hosil bo’lishining profilogrammasi 
Gidratlarni bartaraf qilishning keng tarqalgan usuli bu - gidrat fazasining 
termodinamik beqarorligini sun'iy ravishda yaratishdir. U quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
- oqim harorati T ni doimiy bosimda Ts gidrat hosil bo’lish haroratidan yuqori 
ushlab turish; 
- quvur liniyasidagi bosimni doimiy haroratda gidrat barqarorligi darajasidan 
pastga tushirish;
- tarkibini o’zgartirish yoki gidratning tarkibiy qismlaridan birini olib tashlash; 
- doimiy bosim va haroratda gidratning barqarorligini kamaytirish uchun 
ingibitorni yuborish. 
Bunda 3 va 4-rasmlarda ingibitorlar (metanol) ta'sirini hisobga olgan holda 
gazgidratlarning hosil bo’lishini hisoblash natijalari keltirilgan. Gazgidratlarining 
kichik qalinligi bilan (3-rasm), oqimga ingibitorlarni yetkazib berish qattiq 
fazalarning hosil bo’lgan qatlamiga qarshi kurashning samarali vositasidir. 
Ingibitorlarni qo’llashning teskari ta'siri, gidrat fazalarining sezilarli qalinlikda 
bo’lganda kuzatiladi (4-rasm). Shunday qilib, 36 kundan keyin oqim hududining 
maydoni boshlang’ich qiymatning taxminan o’ndan bir qismini tashkil qiladi; Quvur 
ichki diametrining bunday sezilarli torayishi bilan, 250 kg/kun massa oqim tezligiga 
ega bo’lgan ingibitorni yetkazib berish vaqtida quvurning oqim yo’nalishi bo’ylab 
oqishiga to’sqinlik qilmaydi. 
3-rasm. 30 kun ichida gaz oqimiga metanolni kiritgandan so’ng siquvchanlik 
koeffitsiyentining o’zgarish grafigi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
197


Qattiq jinslarning sezilarli qalinligi tufayli metanoldan foydalanishning salbiy 
natijasining asosiy sababi quvur liniyasining oqim torayib ketgan qismida 
drossellanish effektining sezilarli ko’rinishiga olib keladi. 
4-rasm. 36 kun ichida gaz oqimiga metanolni kiritgandan so’ng siquvchanlik 
koeffitsiyentining o’zgarish grafigi. 
Chiqish joyida doimiy bosim p
L
=3,1 MPa bo’lgan quvur liniyasidagi gaz oqimi 
uchun hisob-kitoblarni keltiramiz. 5-rasmdagi (a) shakldan ko’rinib turibdiki: 
gazgidrat qatlami qalinligining 24 kungacha o’zgarishi, kirish joyida doimiy bosim 
bilan gaz oqimi rejimi uchun cho’kindi profilining shakllanishiga o’xshash tarzda 
davom etadi. Buning sababi, kirish joyidagi ortib borayotgan bosim (5-rasm, b) gidrat 
hosil bo’lish haroratining oshishiga va shunga mos ravishda gidrat hosil bo’lish 
zonasining chapga siljishiga olib keladi (6-rasm). 
5-rasm. a- Siquvchanlik koeffitsiyentining gazgidrat qalinlikka bog’liqlik grafigi, b- 
Siquvchanlik koeffitsiyentining bosimga bog’liqlik grafigi. 
6-rasm. Siquvchanlik gidrat hosil bo’lish haroratiga bog’liqlik grafigi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
198


Agar quvur liniyasining kirish qismidagi p
0
= 3,2 MPa va chiqish p
L
= 3 MPa 
bosimini o’rnatadigan bo’lsak, bu holda gaz oqimi m
g
aniqlanishi kerak bo’lgan vaqt 
funktsiyasidir (7-rasm). 
7-rasm. Gaz sarfining massaviy o’zgarish vaqti grafigi. 
8-rasm. Quvur o’tkazgichlar ichki devorida gaz gidratlarining hosil bo’lishini eng 
yuqori nuqtasi grafigi. 
Shuningdek, gazni o’zgarmas bosimda uzatish rejimi quvurdan chiqish joyida 
qattiq cho’kmalarning ikkilamchi hududlarini paydo bo’lishi kuzatiladi. (8-rasm). Bu 
holatni quyidagicha tushuntirish mumkin: gidrat qatlami qalinlashgani sari gaz 
oqimining tezligi pasayadi, qattiq qatlam yoki gidrat oldidagi bosim kuchayadi, bu 
esa gidrat hosil bo’lish zonasining quvur liniyasi kirish qismiga siljishiga olib keladi 
[8-12]. 

Download 496.45 Kb.
1   2   3   4




Download 496.45 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uglevodorod gazlarining quvur ichki devorlarida gidrat hosil bo’lishini hisobga olgan holda matematik modellashtirish

Download 496.45 Kb.
Pdf ko'rish