|
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Insituti
|
bet | 9/10 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #124583 |
Bog'liq Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu akustika elementlariAbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Insituti
“Fizika va texnologik ta’lim” fakulteti “Fizika va astranomiya o’qitish metodikasi” yo’nalishi 311-guruh talabasi Baydullayeva Maftunaning Akustika elementlari mavzusini loyihalashtirish” mavzusidagi kurs ishiga ilmiy rahbarning
Xulosasi
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, berilgan muhitda tovush tezligidan katta tezlik bilan (havoda 330 m/sek dan katta tezlik bilan) harakatlanuvchi jism atrofida vujudga keladigan maxsus tur akustik to’lqinni qarab chiqamiz. Bunday tezlik bilan harakatlanuvchi jism muhitda zarba berish xarakteriga ega bo’lgan va ballistik to’lqin deb ataladigan to’lqinni vujudga keltiradi. Muhitning siqilishi harakatlanuvchi jismning oldida tarqala olmaydi va hosil bo’lgan to’lqin fronti faqat harakatlanuvchi jismning orqasidagina joylashadi. Jism bosib o’tgan har bir nuqtani shu muhitdagi tovush tezligi bilan tarqaluvchi sferik to’lqinlarning manbai deb qarash mumkin.
Sistemalar rezonanslanganda tovush qattiqligining ortishiga ham to’lqinlar tarqalishining kuchayishi sabab bo’ladi. Bunday tajriba eng sodda holda quyidagicha bajarilishi mumkin. Tovush chiqaruvchi kamerton (12-rasm) ozgina suvi bor uzun ingichka idish og’zi ustiga joylashtiriladi. Agar asta-sekin idishdagi suv ko’paytira borilsa, ma’lum bir paytda tovushning kuchi ancha ko’tariladi. Bu hodisa quyidagicha tushuntiriladi. Idishdagi suv ustida joylashgan havo ustunining balandligi muayyan bir qiymatga yetganda, havoning tebranishlari bilan kamertonning tebranishlari rezonansga keladi va ularning amplitudasi juda ham kattalashib ketadi. Idishning og’zida goh siqilish, goh siyraklanish navbat bilan hosil bo’lib turadi va ular kamerton atrofida vujudga keladigan uyurmalarni kamertondan ajratadi, natijada tovushning tarqalishi kuchayadi.
Tovush qattiqligi tovush chiqarayotgan sistema tebranishlarining amplitudasiga bog’liqdir. Biroq, ba’zi hollarda tovush manbai, hatto katta amplitudalarda ham, kuchli tovush bermaydi. Masalan, torni ikki qattiq qisqich orasida tortilsa va chertilsa, faqat kuchsizgina tovush eshitiladi. Shuningdek, kamertonni qo’lda ushlab turib urilsa ham tovush deyarli eshitilmaydi.
|
| |