Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu: akustika elementlari




Download 1,16 Mb.
bet6/10
Sana20.12.2023
Hajmi1,16 Mb.
#124583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu akustika elementlari

2 jadval
Turli tovushlarning balandliklari

Tovush

Balandlik, detsibel larda

Tovush kuchi

Bosim amplitudasi, bar larda

Sekin shivirlash………………………………..
Qadamlar tovushi……………………………...
Kattiq nutq…………………………………….
To’polon ko’chaning shovqini………………...
Fortissimo orkestr……………………………..
Aeroplan motori tovushining 3 m masofadan eshitilishi………………………………………

30
40
70
90
100

130


1•10-6
1•10-5
1•10-2
1
1•101

1•104



6,4•10-3
2•10-2
0,4
6,4
2,0•10

1•103



2 jadvaldan odatdagi tovushlarning energiyalari juda ham kichik bo’lishligi ko’rinib turibdi. Buni yaqqol ko’rsatish uchun quyidagi qiziq misolni keltirish mumkin: agar 2000 kishi 11/2 soat davomida to’xtovsiz gapirib tursalar, ular tovushlarning energiyasi bir stakan suvni qaynatishgagina yetar edi.


Tovush tembrini ob’ektiv ravishda xarakterlash uchun, murakkab tovush tebranishini garmonik tashkil etuvchilarga ajratish, ya’ni uning spektrini aniqlash kerak. Bunday ajratishni rezonans hodisasidan foydalanib bajarish mumkin. Agar xususiy tebranishlar chastotasi birday bo’lgan ikkita kamertonni bir-biridan biror uzoqlikda joylashtirib, birida kuchli tebranishlar hosil qilinsa, ikkinchisida ham kuchsizroq tebranishlar hosil bo’ladi. Bunga ishonish uchun birinchi kamertonning tebranishlarini to’satdan, masalan, uni qo’l bilan ushlab, to’xtatish kerak. U vaqtda ikkinchi kamertonning kuchsiz tovushi eshitiladi. Agar ikkinchi kamertonning xususiy tebranish chastotasidan farqli bo’lsa, bu hodisa kuchsizroq namoyon bo’ladi; xususiy tebranish chastotalari orasidagi farq qancha katta bo’lsa, bu hodisa shuncha kuchsiz namoyon bo’ladi. Bu hodisaga birinchi kamertondan chiqqan tovush to’lqinining ikkinchi kamertonga borib tegib, unda majburiy tebranishlar uyg’otishi sabab bo’ladi. Majburiy tebranishlar amplitudasi rezonans vaqtida eng katta qiymatga ega bo’ladi. Ikkinchi kamerton tebranishlarining so’nishi kichik bo’lganda, amalda rezonans har ikki kamertonning xususiy tebranish chastotalari birday bo’lganda vujudga keladi va rezonans hodisasi ancha o’tkir bo’ladi. Rezonansga asoslanib, murakkab tovush tebranishini quyidagicha analiz qilish mumkin: so’nishi kichik bo’lgan va turli xususiy tebranish chastotalari ga ega bo’lgan juda ko’p kamertonlar olamiz, U holda, murakkab tovush tebranishi, shu murakkab tebranish tarkibida bor tebranishlarning chastotalariga teng xususiy tebranish chastotalariga ega bo’lgan kamertonlardagina sezilarli amplitudali majburiy tebranishlar hosil qiladi.
Tovushni analiz qilishda kamertonlar o’rnida xususiy tebranishlar chastotasi ma’lum bo’lgan va so’nishi kichik bo’lgan ixtiyoriy sistemalardan foydalanish mumkin. Tovushlarni birinchi marta analiz qilgan Gel’mgol’ts havoli kovak rezonatorlardan foydalangan. Bunday rezonator yupqa metall sferadan iborat bo’lib, uning ikkita: kattaroq a va kichikroq b teshigi bo’ladi (6-rasmda rezonatorning kesimi berilgan). Tovush tebranishlari rezonator hajmi ichiga asosiy a teshik orqali kiradi. Kichik b teshik esa quloqqa qo’yilib, majburiy tebranishlarning intensivligi bevosita eshitish orqali aniqlanadi.

6-rasm. Havoli kovak resonator.
Gel’mgol’ts rezonatorlarining xususiy tebranish chastotasi , taqriban,

(2.4)
,
bunda – asosiy a teshikning diametri, V–rezonator kovagining hajmi.
Tekshirilayotgan murakkab tovush tebranishining tarkibiga kirgan biror sodda tonning chastotasi qaysi rezonatorning tebranish chastotasi ga yaqin bo’lsa, o’sha rezonatorda eng kuchli tebranishlar vujudga keladi.
Demak, ketma-ket bir necha rezonatorlar orqali “eshitib” va ularda vujudga kelgan majburiy tebranishlarning qattiqliklarini taqqoslab, murakkab tovushning spektrini aniqlash mumkin.
Hozirgi zamon texnikasi tovushlarning tarkibini ancha takomillashgan elektroakustik usullar yordami bilan aniqlash imkonini beradi. Ammo bu usullar ham majburiy tebranishlarini kuzatish printsipiga asoslangandir.

Download 1,16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu: akustika elementlari

Download 1,16 Mb.