Ul’tratovushlarni hosil qilish




Download 1,16 Mb.
bet8/10
Sana20.12.2023
Hajmi1,16 Mb.
#124583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Umumiy fizika fanidan kurs ishi mavzu akustika elementlari

3.2 Ul’tratovushlarni hosil qilish uchun ko’pincha p’ezoelektrik effektdan foydalaniladi. P’ezoelektrik effekt ba’zi kristallarning elektr maydonida mexanik deformatsiyalanishidan iborat bo’lgan hodisadir. Ul’tratovush tebranishlarini hosil qilish uchun kvarts kristallari (p’ezokvarts) ishlatiladi. Agar kristallografik o’qlarga nisbatan ma’lum yo’nalishda kesib olingan kvarts plastinkasiga metall qoplamalar yordamida o’zgaruvchan elektr kuchlanish berilsa, plastinka tebrana boshlaydi. Agar berilgan elektr kuchlanishning chastotasi plastinkaning o’z mexanik tebranishlar chastotasiga teng bo’lsa (rezonans hodisasi), kvarts plastinkaning tebranishi ayniqsa kuchli bo’ladi. Plastinkaning o’lchamlarini mos ravishda tanlab olish yo’li bilan yuz ming gerts chamasidagi chastotali ul’tratovush tebranishlarini hosil qilish mumkin.
Ul’tratovush to’lqinlarining to’lqin uzunligi kichik bo’lgani tufayli, ular oddiy tovush to’lqinlariga qaraganda, kamroq qayriladi (kamroq diffraktsiyalanadi). Bu hol ul’tratovush to’lqinlarining yaxshi yo’naltirilgan dastasini hosil qilishga imkon beradi.
Hozirgi zamonda ul’tratovushlar texnikada keng ishlatiladi chunonchi, suv ostida ma’lum yo’nalish bo’yicha signallar berish suv ostidagi narsalarni topish va chuqurlikni aniqlash (exolot) maqsadlarida ishlatiladi. Kristallardan ma’lum tarzda kesib olingan birday qalinlikdagi kvarts plastinkalari bir-biriga mozaika ko’rinishida yopishtiriladi va ikkita qalin po’lat plastinkalar orasiga joylashtiriladi. Po’lat plastinkalarga o’zgaruvchan elektr kuchlanish berilsa, bu sistema ul’tratovushning kuchli manbai bo’lib qoladi.
Exolotning tuzilish printsipi quyidagicha: ul’tratovush manbaidan suvda vertikal yo’nalishda pastga qarab tovush nuri yuboriladi. Bu nur suv tubiga yetgach, undan aks etib, qaytib chiqadi. Tovushning suvda tarqalish tezligini bilib, ul’tratovush signali berilgandan u qaytguncha (exo – aksi sado sezilguncha) o’tgan vaqt orqali chuqurlikni hisoblash qiyin emas.
Aksi sadoni (exoni) qabul qilish ham p’ezokvarts yordamida bajariladi. Tovush tebranishlari p’ezokvartsga yetib kelgach, unda elastik tebranishlar qo’zg’atadi. Buning natijasida kvartsning qarama-qarshi sirtlarida elektr zaryadlari hosil bo’ladi va ular tegishli elektr apparatlari yordamida seznlishi mumkin.
Hozirgi zamon texnikasida ul’tratovushlarning turli-tuman tatbiqlari bordir. Ul’tratovushlardan metall buyumlardagi defektlarni topishda (ul’tratovush defektoskopiyasi), yoriqlarni, qalinliklarni o’lchashda va boshqalarda foydalanadi. Ul’tratovushlarning ba’zi tatbiqlari kuchli ul’tratovushlarning o’zi tarqalayotgan muhitga beradigan mexanik ta’siriga asoslangandir. Chunonchi, ul’tratovushlar yordamida metall sirtlarni va boshqa sirtlarni ishlash mumkin.

Download 1,16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,16 Mb.