Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi




Download 119,02 Kb.
bet2/15
Sana17.11.2023
Hajmi119,02 Kb.
#100750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA aporniy

2. Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi.
Biz yuqorida zaryadlangan ob'ekt bilan kontakda turgan zaryadlanishni ko’rib chiqdik. Endi biz induksya bilan zaryadlanishni ko’rib chiqamiz. Bu holatda ob'ekt zaryadlayotgan ob'ektga nisbatan qarama-qarshi zaryadlanadi Faraz qilamiz, manfiy zaryadlangan ob'ekt elektron yuqori qismi yaqinidan o'tayotgan vaqtda, kimdir qo’lini sharchaga tekkizadi. Bu holda, zaryadlangan ob’ekt yaqinidan qochayotgan ba’zi elektronlar tekkizilgan qo’l bo’ylab inson tanasi bo’ylab pastga oqadi. (Inson tanasi yaxshi o’tkazgich hisoblanadi). Endi qo'lni shardan olinadi. Bunda elektronda sof musbat zaryad hosil bo’ladi. E’tiboringizni shunga jalb qiling, manfiy zaryadlangan ob'ekt ishlatilganda biz elektronga musbat zaryadni qo’yamiz. Natijada ba’zi elektronlar elekton bilan kontaktda bo’lgan boshqa o’tkazgichga borish uchun harakat qiladi. Musbat zaryadlangan ob'ekt elektronda boshqa o’tkazgich bo’yicha manfiy zaryad tufayli bo’lishi mumkinligini qanday tasvirlab bera olasiz? Javob: musbat zaryadlangan ob'ekt elektronga yaqinlashtirilgan. Keyin odam sharga qo’lini tekkazsa, elektronlar inson tanasidan chiqishga harakat qiladi, natijada qo’l shardan olinganda ortiqcha elektronlar hosil qiladi. Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi. Fazoning biror joyida elektr zaryad mavjud bo’lsa, uning atrofida elektr maydon vujudga keladi. Elektr zaryadlarning o’zaro ta’sirlashishi elektr maydon oraliq sodir bo’ladi. Biror q zaryad hosil qilgan elektr maydoniga kattaligi qc bo’lgan sinash zaryadini kiritsak bu zaryadga F kuch ta’sir qiladi. Kulon qonuniga asosan 130 kattalik sinash zaryadini tanlashga bog’liq bo’lmay bu zaryad qayerda bo’lsa, o’sha nuqtadagi elektr maydonni xarakterlaydi va tekshirilayotgan nuqtaning elektr maydoni kuchlanganligi deyiladi. (3.4) Demak, elektr maydonning ixtiyoriy nuqtasining maydon kuchlanganligi deganda, shu nuqtaga olib kiritilgan birlik zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan xarakterlanuvchi fizik kattalikka aytiladi. Agar elektr maydonni nuqtaviy q zaryad vujudga keltirayotgan bo’lsa, undan r masofadagi maydon nuqtasining kuchlanganligi (3.5) Elektr maydon kuchlanganligining o’lchov birligini N/Kl deb hisoblasa bo’ladi. Lekin o’lchov birligi sifatida V/m qabul qilingan. Agar elektr maydonni bir necha zaryadlar vujudga keltirayotgan bo’lsa, natijaviy maydonning kuchlanganligi alohida zaryadlar vujudga keltirayotgan elektr maydon kuchlanganliklarining vektor yig’indisiga teng. E=E1+E2+E3+......+En=Ei (3.6) Bu elektr maydon superpozitsiyasi (qo’shish) prinsipini ifodalaydi. Kuchlanganlik chiziqlari. Elektr maydonning har bir nuqtasida maydonni xarakterlovchi kuchlanganlik vektori E aniq qiymatlarga va yo’nalishlarga ega bo’ladi. Amalda elektr maydonni kuchlanganlik vektor chizig’i deb elektr maydonda o’tkazilgan shunday chiziqa aytiladiki, bu chiziqni istalgan nuqtasiga o’tkazilgan urinmaning yo’nalishi maydon kuchlanganlik vektori yo’nalishi bilan mos tushadi. Maydon kuch chiziqlarini tasvirlab, maydonning o’ziga xos grafiklari yoki kartalarini chizamiz. Ular maydonining turli qismlarida kuchlanganlik nimaga tengligini va u fazoda qanday o’zgarishini ko’rsatadi. Maydonning har qaysi nuqtasida kuchlanganlik vektori ma’lum yo’nalishga ega bo’lgani uchun kuch chiziqlari hech qayerda o’zaro kesishmaydi. Musbat va manfiy nuqtaviy zaryadlar tufayli vujudga kelgan elektr maydonning kuch chiziqlari quyidagicha: Nuqtaviy zaryaddan bir xil masofadagi nuqtalarda E lar bir xil qiymatlarga ega bo’lib, zaryad va nuqtani birlashtiruvchi chiziq bo’ylab yo’nalgan bo’ladi.

Download 119,02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 119,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi

Download 119,02 Kb.