• Gazlarda elektr toki. Gazlarda elektr o’tkazuvchanlik. 1. Metallarda elektr toki.
  • TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI




    Download 119,02 Kb.
    bet5/15
    Sana17.11.2023
    Hajmi119,02 Kb.
    #100750
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    UMUMIY FIZIKA aporniy

    TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI


    Reja:



    1. Metallarda elektr toki.

    2. Metallarning elektr o’tkazuvchanligi.

    3. Suyuqliklarda elektr toki.

    4. Suyuqliklarda elektr o’tkazuvchanligi.

    5. Gazlarda elektr toki.

    6. Gazlarda elektr o’tkazuvchanlik.



    1. Metallarda elektr toki.
    Metallarning elektr toki ularda zaryadli zarralarning elektr maydondagi tartibli harakati bilan tushuntiriladi. Mandelshtam va Papaleksi, so‘ngra Tolmen va Styuart 1913-1916 yillarda o‘tkazgan tajribalari bu zarralar elektronlardan iboratligini to‘liq isbotladi. Keyinchalik rivojlangan Xoll effekti yordamida ham metallardagi o‘tkazuvchanlikning sababchisi metall hajmi bo‘ylab harakatlana oladigan elektronlar ekanligi tasdiqlandi. Yarimo‘tkazgichlar deganda fizikada dastlab to‘rt valentli Ge va Si moddalari tushuniladi, ularning fizik xossalari ayniqsa batafsil o‘rganilgan. Mendeleev jadvalida shu guruxda turgan olmos ham yarimo‘tkazgich hisoblanadi, lekin uni hosil qilish qiyinroq. Uch valentli elementlarni besh valentli elementlar bilan birikmalari А3B5 (GaAs, InSb, GaP, InP ...) yarimo‘tkazgichli kristallar hosil qiladi. Shu kabi A3B5 tipdagi birikmalar (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS) va boshqa tipdagi yarimo‘tkazgichlar ma’lum. Yarimo‘tkazgichlar borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotgan sharoitda, kremniy Si tabiatda keng tarqalgan modda sifatida borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda. Texnikada qo‘llaniladigan Si nihoyatda toza bo‘lishi kerak, undagi aralashma atomlarining soni kremniy atomlar sonining 10-8 qismidan oshmasligi kerak. Bunday tozalikni amalga oshiradigan texnologik jarayonlarni o‘zlashtirgan firmalar ko‘p emas, texnik kremniy esa qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. 0‘zbekistonda Elektronika Instituti Koreya Respublikasi firmalari bilan birgalikda Respublika kremniy zaxiralaridan texnik kremniy olish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.



    Download 119,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 119,02 Kb.