• 4. Suyuqliklarda elektr o’tkazuvchanlik.
  • Suyuqliklarda elektr toki




    Download 119,02 Kb.
    bet7/15
    Sana17.11.2023
    Hajmi119,02 Kb.
    #100750
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    UMUMIY FIZIKA aporniy

    3. Suyuqliklarda elektr toki .
    Odatdagi sharoitda ayrim suyuqliklar elektr tokini o'tkazsa, ayrimlari esa o'tkazmaydi. Toza suyuqliklar, distillangan suv, kerosin, mineral yog'lar elektr tokini o'tkazmaydi.Tuzlar, kislotalar, ishqorlar elektr tokini yaxshi o'tkazadi. O'zidan elektr tokini o'tkazuvchi suyuqliklar elektrolitlar deb ataladi. Distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi, chunki unda zaryad tashuvchi erkin zarralar yo'q. Agar unga ozroq osh tuzi (NaSl) solinsa, tuzni suvda erishi natijasida uning neytral molekulalari musbat va manfiy ionlarga parchalanib, zaryad tashuvchi erkin zarralarni hosil qiladi.Neytral molekulalarning ionlarga ajralishi hodisasi elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi.
    Na+ Sl- ^ Na+ +Sl-
    Cu++ SO4-- ^ Cu++ + SO4-
    Dissotsiatsiya natijasida eritmada musbat va manfiy ionlar hosil bo'ladi. Musbat ionlarni asosan metallar, manfiy ionlarni esa metallmaslar, ya'ni kislota qoldig'i, organik modda asoslari hosil qiladi. Elektr maydon kuchlanganligi ta'sirida eritmadagi musbat va manfiy ionlar tartibli harakat qilib, dreyf tezlikka ega bo'ladi. M. Faradeyning elektroliz hodisasi uchun birinchi qonuni elektrodda ajralib chiquvchi modda massasi bilan elektrolitdan o'tuvchi zaryad miqdori orasidagi bog'lanishni o'rganadi va u quyidagicha ta'riflanadi: Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddaning massasi elektrolit orqali o'tayotgan zaryad miqdoriga to'g'ri proporsionaldir.


    4. Suyuqliklarda elektr o’tkazuvchanlik.
    Qattiq jismlar kabi suyuqliklarning ham dielektrigi, o’tkazgichi va yarim o’tkazgichi bo’ladi.Dielektriklar jumlasiga distillangan suv, o’tkazgichlar jumlasiga elektrolitlarning yani kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari kiradi. Suyuq yarim o’tkazgichlar jumlasiga, masalan eritilgan selen, eritilgan sulfidlar kiradi.Tokning metallar va elektron yarim o’tkazgichlar orqali o’tishi hech qanday ximiyaviy o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi. Bunday moddalar virinchi tur o’tkazgichlar deb ataladi. Tok o’tishida ximiyaviy o’zgarish yuz beradigan moddalar ikkinchi tur o’tkazgichlar yoki elektrolitlar deb ataladi. Ular qatoriga tuz, ishqor yoki kislotalarning suvdagi va boshqa suyuqlikdagi eritmalari, shuningdek, qattiq holatda ion kristall hisoblangantuz eritmalari kiradi.Elektrolitlarda tok tashuvchilar bo’lib molekulalari eritilgan modda eritmalarida dissotsiyalanadigan (parchalanadigan) ionlar xizmat qiladi. Qanday qilib dissotsiya sodir bo’lishini aniqlash uchun qutubli molekulani, masalan, NaCl ni qarab chiqamiz. Na va Cl atomlari molekulaga birlashganda elektronlarning qayta taqsimlanishi yuz beradi-Na ning valent elektroni to’lishi bittagina elektron yetishmayotgan Cl atomining qobig’iga go’yoki qo’shilgandek bo’ladi. Natijada Na atomi musbat ionga, Cl atomi esa manfiy ionga aylanib qoladi. Har ikkala ion molekulada elektrostatik (kulon) o’zaro tasir kuchi bilan tutib turiladi.Shunga o’xshash istalgan boshqa qutubli molekula ikki yoki undan ortiq sondagi ionlardan tashkil topgan . Eritmada erigan moddaning har bir molekulasi, erituvchi molekulalarning qurshovida bo’ladi. Agar erutuvchining molekulalarning qurshovida bo’ladi. Agar erituvchining molekulalari ham qutubli bo’lsa u holda ular erigan modda molekulalari yaqinida uning hosil qilgan elektr maydonida orientatsiyalanuvchi kuch tasirida bo’ladi. Shuning uchun erituvchi molekulasi erigan modda molekulasining musbat zaryadlangan qismiga manfiy uchi bilan manfiy zaryadlangan qismiga esa – musbat uchi bilan o’girilib qoladi. Turli moddalarning molekulari turlicha dissotsiyalanadi va ikki yoki undan ko’p sondagi ionlarga ajralishi mumkin. Dissotsiya xarakteri moddaning ximiyaviy xossalari bilan chambarchas bog’liq.Barcha kislotalar suvdagi eritmasida vodorodning Hmusbat ionlarni berishi bilan xarakterlanadi. Vodorod ionlari va gidroksil ionlari konsentratsiyasi birday bo’lgan eritmalar neytral deb ataladi. Ximiyaviy sof suv neytral bo’lib u vodorodning H+ musbat ionlari va manfiy OHgidroksil ionlariga dissotsiyalanadi.Biroq unda ionlar konsentratsiyasi haddan tashqari kuchsiz: xona temperaturasida 1.4 mg dissotsiyalangan Dissotsatsiya koeffitsienti:Molekulalarning dissotsiyalanish protsesini shunday tasavur qilish mumkin .Qutubli molekulalarga ega bo’lgan (yani ionlardan tuzilgan molekulali masalan NaCl) qandaydir modda suvda eritilgan deb tasavur qilaylik.Dipol momentlari katta bo’lgan suv molekulalari erigan molekulaning elektr maydonida shunday tarzda orientatsiyalanadiki ularning musbat tomonlari (Hionlar) asosan Clionga qarab manfiy tomonlari (Oion) Na+ ionga qarab qoladi.Elektrolitlardagi elektr tokning metallardagi tok bilan ko’plab o’xshash tomonlari bor. Gazlardan farqli ravishda elektrolitlarda ham, metallarda ham zaryad tashuvchilar elektr tokka bog’liq bo’lmagan holda hosil bo’ladi. So’ngra elektrolitning har bir hajm birligidagi manfiy va musbat ionlarning zaryadi teng bo’ladi va shuning uchun elektrolitlarda shuningdek metallarda hajmiy za tdaryad nolga teng bo’ladi. Nihoyat elektrodlardan uzoqda ionlarning (manfiy musbat ionlarning ) konsetratsiyasi odatda elektrolitning turli nuqtalarda tengi bo’ladi. Shu tufayli ionlarning elektrolit ichidagi konsentratsiyasi odatda elektrolitning turli nuqtalalarda birday bo’ladi. 

    Download 119,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 119,02 Kb.