|
Umumiy ma’lumotlar. Ekran. Oyna tushunchasi
|
bet | 10/13 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #272477 |
Bog'liq MICROSOFT WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN ISHLASH ASOSLARI (1)laboratoriya ishi Mavzu: Papka (Jild)lar bilan ishlash.
Maqsad: Fayllar va papkalar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Topshiriq:
Ishchi stol (rabochiy stol)da yangi papka hosil qiling va o‘z ismingiz bilan atang (sichqonchani o‘ng tugmasani Ishchi stolda bosing va hosil bo‘lgan kontekstli menyudan Создать-Папку bo‘limini tanlang, o‘z ismingizni kiriting va Enter tugmasini bosing).
O‘z papkangizni oching va unda qo‘yidagi papkalarni hosil qiling: AGRONOM, VETERINAR, IKTISODCHI, MEXANIZATOR, INFORMATIKA, MATEMATIKA, BOTANIKA, TRAKTOR. (sichqonchani o‘ng tugmasani bosing va hosil bo‘lgan kontekstli menyudan Создать-Папку bo‘limini tanlang).
INFORMATIKA papkasini boshqa papkalar ichiga ko‘chiring. (INFORMATIKAni belgilang, Ctrl + C ni bosing, kerakli papkaga o‘ting va Ctrl + V ni bosing).
INFORMATIKA ni MATEMATIKA ga o‘zgartiring. (INFORMATIKA ni belgilang, F2 ni bosing, MATEMATIKA ni kiriting va En- ter tugmasini bosing).
BOTANIKA papkasini AGRONOM papkasi ichiga o‘tkazing. (BOTANIKANI belgilang, Ctrl + X ni bosing, AGRONOM papkasiga o‘ting va Ctrl + V ni bosing).
BOTANIKA papkasini MATEMATIKA nomi bilan qayta nomlang.
TRAKTOR papkasini MEXANIZATOR papkasi ichiga o‘tkazing.
O‘z papkanigizni o‘chiring (Papkani belgilang va Delete tugmasini bosing).
laboratoriya ishi Mavzu: «Bloknot» dasturi.
Maqsad: «Bloknot» dasturi bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Topshiriq:
Bloknot dasturini ishga tushiring (Пуск – Программы – Стан- дартные – Блокнот).
Формат menyusiga kiring 16 pt o‘lchamdagi Times New Roman shriftni o‘rnating va qiyshaytirib yozish (kursivni) o‘rnating.
Ixtiyoriy matnni (kamida 4-5 qator) kiriting va matn kiritilishida so‘zlarni joylashishini kuzating. Bloknot dasturi darchasini kichraytiring va yana so‘zlarni joylashishini kuzating.
Hujjatni Moi dokumenti papkasi ichidagi Laboratoriya ishlari papkasi ichiga «Labaratoriya ishi №1» nomi bilan saqlang (Файл – Со- хранить как… yo‘li orqali). Agar Moi dokumenti papkasi ichida Laboratoriya ishlari papkasi bo‘lmasa uni hosil qilish lozim. Buning uchun faylni saqlash diolog darchasida yangi papka hosil qilamiz. Ishchi sohada yangi papka paydo bo‘ladi va unga Laboratoriya ishlari nomini beramiz. Ushbu papkani ochamiz (Papka maydonida Laboratoriya ishlari papkasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim). Имя файла satriga «Labaratoriya ishi
№1» ni kiritib Сохранить tugmasini bosamiz. Agar faylni saqlash to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa nom satrida faylni yangi nomini ko‘ramiz.
Bloknot dasturini yoping. Bloknotni ishga tushiring, ilgari yaratilagan «Labaratoriya ishi №1» faylini oching (Файл – Открыть…) va yana Bloknotni yoping.
Provodnik dasturi orqali Bloknot dasturida yaratilagan
«Labaratoriya ishi №1» faylina keling. Menyuning Вид bo‘limi orqali Па- нели инструментовga kiring va Адресная строка punktiga bayroqcha qo‘ying. Sichqonchani ikki marta bosib faylni oching.
|
| |