|
Umumiy ma’lumotlar
| bet | 1/2 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 18,87 Kb. | | #125000 |
Bog'liq qayta ozlashtirish 1
Umumiy ma’lumotlar
Bit – bu har biri 0 yoki 1 qiymatiga ega bo’luvchi ikkilik sonlaridir. Kompyuterda ularga pereklyuchatelning vaziyati (yoqilgan/o‘chirilgan) yoki elektr signalining, yorug‘lik impulsining yoki radio to‘lqinining mavjudligi/yo‘qligi mos keladi.
Kompyuterlar 8 bitdan iborat bo’lgan ikkilik sanoq sistemasiga tegishli bo’lgan guruhdan foydalanadi. 8 bitdan iborat bo‘lgan bunday guruh bayt deb ataladi. Kompyuterda 1 bayt xotira qurilmasining minimal adreslanuvchi yacheykasi hisoblanadi.
Sakkizta raqamdan iborat bo‘lgan kombinatsiyani o‘zgartirish orqali 256 (yoki 28) ta son hosil qilish mumkin. Shu sababli bayt qiymatining diapazoni 0 dan 255 oraliqda yotadi (1-jadval).
1-jadval. Axborotbirliklari
O‘lchov birliklari
|
Baytlar
|
Bitlar
|
Bit (b, yoki bit)
|
1/8
|
1
|
Bayt (B, yoki bayt)
|
1
|
8
|
Kilobayt (KB, yoki Kbayt)
|
1 024
(≈ 1000 bayt)
|
8 096
(≈ 8000 bit)
|
Megabayt (MB, yokiMbayt)
|
1 048 576
(≈ 1 million)
|
8 388 603
(≈ 8 million)
|
Gigabayt (GB, yokiGbayt)
|
1 073 741 824
(≈ 1 milliard)
|
8 589 934 592
(≈ 8 milliard)
|
Terabayt (TB, yoki Tbayt)
|
1 099 511 627 776
(≈ 1 trillion)
|
8 796 093 022 208
(≈ 8 trillion)
|
Ko‘p ishlatiladigan kompyuter o‘lchov birliklarini ko‘rib chiqamiz.
-
Bit deb kompyuterdagi eng kichik ma’lumot blokiga aytiladi. Bit 1 yoki 0 qiymatinin qabul qiladi va kompyuter tomonidan ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning ikkilik format raqami hisoblanadi.
-
Bayt deb tarmoq orqali uzatilgan ma’lumotlar sonini tavsiflashda kompyuterning qattiq diskida yoki boshqa axborot tashuvchidagi ma‘lumotlar faylini o‘lchamini tavsifash uchun ishlatiladigan o‘lchov birligiga aytiladi. 1 bayt 8 bitga teng.
-
Kilobit (Kbit) – bu 1024 bit bo’lib, hisoblarni baholashda 1000 bit qiymatidan foydalaniladi.
-
Kilobayt (Kbayt) 1024 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1000 bayt qiymatidan foydalaniladi.
-
Megabit (Mbit) tahminan 1 million bitga teng.
-
Megabayt (Mbayt) 1 048 576 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1 million bayt qiymatidan foydalaniladi. Ba’zida megabayt qisqartirilib “meg” deb ham ataladi. Ko‘pchilik kompyuterlarning operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi. Katta fayllar bir necha megabayt tartibidagi o‘lchamga ega bo’ladi.
-
Gigabayt (Gbayt) taxminan 1 milliard baytga teng. Ba’zan qisqa “gig” nomi ishlatiladi. Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlarning qattiq disklarining hajmi gigabaytlarda o‘lchanadi.
-
Terabayt (Tbayt) taxminan 1 trillion baytga teng. Yuqori ishlab chiqaruvchi sistemalarning qattiq disklarining hajmi terabaytlarda o‘lchanadi.
|
| |