• Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
  • O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
  • Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi
  • Umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-“ ” -sinf rahbari ning




    Download 6,61 Mb.
    bet18/43
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,61 Mb.
    #234152
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
    Bog'liq
    4 SS

    MMIBDO`: ___________________
    Sana:_________________
    Mavzu: Bayrog‘imizni baland tutaylik(18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
    I.Kirish:
    Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tayanch kompetensiya elementlari:
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
    O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

    Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
    Tashkiliy qism
    O`quvchilarni darsga hozirlash
    Ma`naviyat daqiqasi:
    Nilpira, bayrog`im, hilpira mag`rur,
    Ozod, hur xalqimga bag`sh etib surur.
    Birlashgan millatlar koshonasida,
    Hilpira bizlarga bag`sh etib g`urur.
    II.Asosiy qism:
    Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag`lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
    Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil
    dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
    O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an`analari bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga
    kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.
    O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari, O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.
    O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik
    bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
    III.Yakuniy qism: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste`dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)
    Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini yaratadilar.
    O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi.



    Download 6,61 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




    Download 6,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-“ ” -sinf rahbari ning

    Download 6,61 Mb.