|
Dars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi
|
bet | 2/2 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 1,6 Mb. | | #260651 |
Bog'liq 3-sinf Tabiiy fan (Science) Quyosh sistemasi mavzusida dars ishlanmaDars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tgan mavzu yuzasidan savol javob orqali guruhlar bilan ishlab mavzu haqidagi fikrlar va umumiy hulosalar mustahkamlanadi. O’quvchilarni qiziqtirgan mavzuga doir qo’shimcha savollarga javob beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
1. Quyosh haqida nimalarni bilasiz?
2. Quyosh sistemasini qanday tasav-vur qilasiz?
Quyosh, uning atrofida aylanuvchi sayyoralar va osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini hosil qiladi. Quyosh atrofida 8 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, ularning yo‘ldoshlari va boshqa osmon jismlari aylanadi.
Quyosh sistemasining markazida Quyosh joylashgan. U barcha sayyoralarni o‘ziga tortib turadi. Sayyoralar bir-biridan katta-kichikligi, xususiyatlari va tabiatiga ko‘ra farq qiladi.
Merkuriy – Quyoshga eng yaqin sayyora. U Oydan biroz katta. Merkuriyda havo qatlami deyarli yo‘q.
Venera – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra ikkinchi sayyora. U Yerdan biroz kichikroq, atrofi qalin va zich havo qobig‘i bilan o‘ralgan. U Yerga yorug‘ yulduzga o‘xshab ko‘rinadi. Shu sababli xalqimiz Venerani “Zuhro yulduzi” deb ataydi.
Yer – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra uchinchi sayyora. U boshqa sayyoralardan hayot mavjudligi bilan farq qiladi.
Mars – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora. U Yerdan deyarli ikki marta kichik. Marsda kuchli bo‘ronlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Yupiter – sayyoralarning eng kattasi hisoblanadi. U Yerdan deyarli 12 marta katta. Quyoshdan ancha olisda joylashgani sababli Yupiter yuzasida harorat 145°C gacha sovuq bo‘ladi.
Saturn – atrofida ulkan halqasi bor sayyora. Kattaligiga ko‘ra Yupiterdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U ham Quyoshdan kam issiqlik oladi, shu sababli yuzasi juda sovuq.
Uran – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra yettinchi sayyora. Uning massasi Yerning massasidan 14 marta og‘irroq.
Neptun – Quyoshdan eng uzoqda joylashgan sayyora. Uni o‘rganish davom etmoqda.
IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi ularga tabiat va tabiat hodisalari haqida olayotgan bilimlari va tushunchalari haqida so’ralib bir birlari bilan tasurotlarini o’rtoqlashadilar
1. Ko‘z bilan Quyosh sistemasidagi qaysi osmon jismlarini bevosita kuzatsa bo‘ladi?
2. Quyosh sistemasiga kiruvchi yana qanday osmon jismlarini bilasiz?
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O`tilgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig’ish
O`IBDO`:____________
|
| |