• Ключевые слова и понятия
  • Kalit sozlar
  • Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o ’ quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishni samarali tashkil etish va takomillashtirish




    Download 36.33 Kb.
    bet1/2
    Sana21.10.2023
    Hajmi36.33 Kb.
    #89468
      1   2
    Bog'liq
    Холматов макола
    6 8 Uzluksiz kasbiy rivojlanish, mustaqil malaka oshirish va bilim, O\'QITUVCHILARNING KASBIY MAHORAT, дидактик уйинлар, ш пппп апрел, 5-sinf matematik, BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA, 10-sinf-tarix-fanidan-testlar-3, kimyo-8-sinf, kimyo-9, # microsoft Excel dasturida yangi hujjat yaratilsa, unga qanday -fayllar.org, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedra 2023 yil 6 oylik hisoboti, 6-sinf-1-yigitlar (1), TIMSS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLARI TO‘PLAMI metodik qo\'llanma, Boshlang`ich dastur - 2024 yil

    UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA OQUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
    Xolmatov P.Q.- JVPYAMO’MM Amaliy fanlar va MTT metodikalari kafedra mudiri. p.f.n., dotsent.
    Вданной статье рассматривается вопрос совершенствания профессиональной ориентации учащихся общеобразовательрых школ.
    This article discusses the issue of improving the proessional orientation of studens in secondary schools.
    Keyvvords and cjncerts:profession,interests and inclinations,skill,knovvledge,practical application.
    , Ключевые слова и понятия:профессия, интересы и склоннос-ти,умение,знание.
    Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida o quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishni takomillashtirishga oid mulohazalar keltirilgan.
    Kalit so'zlar: kasb-hunar,, o 'quvchi o 'z qiziqishi, qobiliyat, bilim, amalda tadbiq.
    Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”, deb nomlangan asarida fazandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz” deb takidladilar [1].
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ-241 son “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar berish nazarda tutilgan. Bu qarorda kasb egalarining mehnat faoliyati bilan tanishtirish maqsadida 5-7 sinf o‘quvchilari uchun turli uchrashuv va sayyor darslarni tashkil etish, 7-9 sinf o‘quvchilarining kasbga moyilligini aniqlash bo‘yicha tashxislar o‘tkazib borish hamda natijalaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etish masalarini o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va o‘sish nuqtalariga muvofiq maktab o‘quvchilari uchun ustivor kasblarni belgilash hamda 10 va 11-sinf o‘quvchilarini ushbu kasblarga, shu jumladan kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari qisqa muddatli kurslar ochilgan ta’lim muasasalarida o‘qitish choralarini ko‘rish belgilab berilgan. Undan tashqari 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarning texnologiya fani ustaxonalarini hamda kasb-hunar amaliyoti xonalarini bosqichma-bosqich tashkil etish va jihozlash choralari belgilangan.
    Respublikamiz iqtisodiyotida hozirgi kunda mehnat bozorida kasb tanlash o‘ta dolzarb muammolardan biri yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda norasmiy sektor ko‘lamini kamaytirish, aholining ijtimoiy muxtoj qatlamlari uchun ish joylari zahirasini belgilash, ishsizlik darajasini pasaytirish hamda aholiga munosib mehnat sharoitini tashkil etishdan iborat. Mehnat bozorining eng muhim muammolaridan biri bu-aholining kasb-hunar va ish bilan bandligidir.
    Hozirgi umumiy o’rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan kasb tanlashga yo’llash jarayoni faqat pedagogik masala emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy dolzarb masaladir . Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchi yoshlarni barkamol avlod sifatida tayyorlash, xalq xo’jaligining muayyan tarmog’idagi istiqbolli kasblarga yonaltirish mehnat bozorida ozini ornini topishda togri kasb egallashida ham yanada katta ro’l o’ynaydi.
    Respublikamizda ta'lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichi ta'lim mazmuni va metodikasiga, uning samaradorligini oshirishga sifat jihatdan yangi talablar qo'ymoqda. Hozirgi adabiyotlarda “Kasb tanlashga yo’llash” termini-yo’naltirish, ajrata bilish, belgilash, hayotda to’g’ri yo’lni tanlash degan ma’noni bildiradi. “Kasb tanlashga yo’llash” tushunchasi umumiy o’rta ta’lim maktablari amaliyotda o’quvchi yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga, mehnat yo’lini to’g’ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogika jarayonini ifoda etadi .
    Murakkab yuqori unumli ishlab chiqarish texnikasi .raqamli teхnologiyalar va ilg’or texnologiya bilan qurollangan hozirgi zamon sanoati va qishloq xo’jalik korxonalari uchun maxsus bilimlarga ega bolgan umumiy texnika hmda fan asoslari bo’yicha nazariy jihatdan chuqur tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlar bilan birga amaliy mehnat turi bo’yicha amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan ishchilar ham kerak.
    Maktabdagi kasb tanlashga yo’llash ishlari quyidagi maqsadlarini ko’zda tutadi:
    1. O’quvchilarni boshlang’ich sinflaridan boshlab xalq xo’jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish istiqbolli kasblaar bilan tanishtirish zarur. Bunda axborot ma’lumotlarining mazmuniga, ham uni tushuntirishda foydalaniladigan metodlarga qo’yiladigan muayyan didaktik talablariga rioya qilish, o’quvchilarning aqlli va jismoniy rivojlanishini hisobga olish muhimdir.
    2. O’quvchilarni xalq xo’jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirish jarayonida ancha keng tarqalgan yangi kasblarning mazmuni va xususiyatini yoritib berishi zarur. Kasb tanlashga yo’llash ishining bu turi umumiy o’rta ta’lim fanini o’qitish metodikasi ham, sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlariga ham amalga oshirilishi zarurdir.
    3. Kasb tanlashga yo’llash ishlarini olib borishda o’qituvchi o’quvchilarni xalqaro dunyo talabi ehtiyoji uchun zarur bolgan kasb va mutaxasisliklarga yo’llash kerak bo’ladi.
    4. Har bir o’quvchining bo’lajak kasbini tanlashda ongli munosabatlarga ega bo’lishi o’zi mustaqil tanlash imkoniyati mavjuddir.
    O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash borasida oldiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim vazifalarining hal etilishi:
    I.O’quvchilarning qiziqishlari, mayli va qobiliyati, psixofiziologik imkoniyatlari, jismoniy tayyorligi hamda salomatligi o’rganilishi zarur.
    II.O’quvchilarning kasblari haqidagi bilimlarini kengaytirishga oid tadbirlar tashkil etish.
    III.O’quvchilar tanlagan mehnat sohasidagi amaliy faoliyatining tashkil etilishi bu kasbga qiziqishlarini va mustahkamlashga yordam berish.
    IV.Maktablarni bitirib chiqayotgan yoshlarning kasbga qat’iy qiziqishlarini tarkib toptirish va mustahkamlashida yordam ko’rsatish yuzasidan, shuningdek, ularning ishlab chiqarish sharoitlariga ko’nikishiga doir tadbirlar belgilanishi kerak.
    Qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun maktab pedagogik jamoasi:
    1.Respublika,viloyat, tuman xo’jaligining malakali kadrlariga bo’lgan ehtiyoji to’g’risida ma’lumotlariga ega bo’lish.
    2.Maktabga yaqin joylashgan korxonalardagi kasblar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish.
    3.O’quvchilarning qiziqishlari va moyilliklarini o’rganishi hamda ularning yo’nalishini aniqlashi kerak. Dunyoda etmish minglab kasblar mavju manashu rang-barang kasblar olamiga har bir o’quvchini qanday kirib borishi, mo‘ljal olishi hayotda juda dolzarb va zarur hisoblanadi. Inson hayot yo’lini mehnat faoliyatini to‘g‘ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlash kerakligi bu jarayonda kasblar klassifikatsiyasi har bir insonga beminnat yaxshi yordam beradi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ko’pgina fanlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar har xil oddiy va murakkab ob’ektlar, faktlar, voqea-hodisalar va boshqa shunga o’xshash narsalar tizimlashtirilishini bilib oldilar. Masalan, o’simlik va hayvon organizmlari tiplarga, turkumlarga, turlarga, oilalarga, gruppalarga birlashtiriladi va hakozo.
    O’quvchilarga kasblar klassifikatsiyasini o’rgatish uchun har xil belgilari asos qilib olinadi. Masalan, ularning nomlari boshlanadigan birinchi harflar bo’yicha bo’lib chiqish kerak. Bu huddi lug’atlarning tuzilishiga o’xshagan bo’ladi. To’g’ri bunday klassifikatsiyadan kasb tanlash uchun foydalanish unchalik qulay bo’lmaydi, chunki kasb tanlash uchun eng avvalo o’sha kasbning nomini bilish kerak bo’ladi. Hamma gap shundaki, ko’p hollarda kasbning nomi, uning qanday nomlanishi kasb tanlayotgan kishiga ma’lum bo’lmasligi mumkin. Masalan, aytaylik, siz yaxshi rasm chizasiz, bu mashg’ulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin ham o’zingizdagi mana shu rasm chizizsh qobiliyati kerak bo’ladigan joyda ishlashni xohlaysiz. Xo’sh, aytingchi, siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa ko’chiruvchi degan kasb borligini, badiiy zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda- konstruktor kasbi borligini bilasizmi? Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Demak o’qituvchilar bir kasbning bir necha mutaxassisi bo’lishi mumkin ekanligini bilasizmi
    Kasblarni yana ular xalq xo’jaligining qaysi sohasiga taalluqli ekanligiga qarab ham joylashtirib chiqish lozim. Bunday klassifikatsiya korxonalar va o’quv yurtlarining rahbarlari uchun qulay bo’lsa ham, lekin kasb tanlayotgan kishiga unchalik qo’l kelmaydi. Masalan, birgina tikuvchilik sanoatining o’zida modeler-konstruktorlar, texnologik jihozlarni sozlovchilar, gazmolni saralaydigan qirquvchilar ham, tikuvchi-motoristlar, hisobchilar, iqtisodchilar singari juda ko’p kasblar mavjud. Insonning shaxsiy fazilatlari(qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, hosil qilgan tajribasi) bilan sanoatning bir tarmog’idagi kasblarni butunlay qamrab olish mumkinmi? Albatta, yo’q. Shuning uchun ham tarmoq belgilari bo’yicha tuzilgan klassifikatsiyadan emas, balki o’zidan, ya’ni mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o’zidan kelib chiqadigan belgilarga qarab tuzib chiqilgan klassifikatsiyadan foydalanish kasb tanlayotgan kishi uchun qulay bo’ladi.
    Haqiqatdan inson ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e’tibori sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro’-e’tiborli va boshqa ko’pgina afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay), balki mehnat predmeti(ob’ekti)ga qaratilgan bo’ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo’ladi). Har qanday mehnatda asbob-uskuna va vositalar mavjuddir. Nihoyat, uning uchun qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Kasb tanlashni o’ylayotgan kishi uchun qulay bo’lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu to’rtta belgiga qarab tuzilishi lozim. Umumiy o’rta ta’lim maktablardagi sharoitlar, ko’p tarmoqli ishlab chiqarish muhitida anchagina kasblar bilan tanishishning aniq imkoniyati haqiqatdan ham maktabni bitiruvchilar uchun erkin ravishda kasb tanlash imkonini beradi. Maktab kasb tanlashga yo’llash ishini, ayniqsa dastlabki bosqichga yagona kasb nuqtai nazaridan tashkil eta olmaydi.
    Hulosa nuqtai nazardan ayganda Kasb tanlashda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun o’quvchining kasbiy imkoniyatlari darajasi yana ham keng va rang-barang bo’lishini taqozo etadi. Bundan tashqari, umumiy o’rta ta’lim maktablarini bitirib chiuvchilarga ijtimoiy ishlab chiqarish tashkilotlariga malakali ishchi kuchlariga bo’lgan aniq ehtiyoj haqida ma’limot berish zarur bo’ladi.

    Download 36.33 Kb.
      1   2




    Download 36.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o ’ quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishni samarali tashkil etish va takomillashtirish

    Download 36.33 Kb.