• Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish nuriddinova Sabina Zafar qizi Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya




    Download 253.07 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana10.04.2023
    Hajmi253.07 Kb.
    #50037
    Bog'liq
    BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA
    6 8 Uzluksiz kasbiy rivojlanish, mustaqil malaka oshirish va bilim, O\'QITUVCHILARNING KASBIY MAHORAT, дидактик уйинлар, ш пппп апрел, 5-sinf matematik, 10-sinf-tarix-fanidan-testlar-3, kimyo-8-sinf, kimyo-9, # microsoft Excel dasturida yangi hujjat yaratilsa, unga qanday -fayllar.org, Холматов макола , Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedra 2023 yil 6 oylik hisoboti, 6-sinf-1-yigitlar (1), TIMSS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLARI TO‘PLAMI metodik qo\'llanma, Boshlang`ich dastur - 2024 yil


    BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA 
    BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH 

    Nuriddinova 
    Sabina 
    Zafar 
    qizi
    Jizzax davlat pedagogika instituti
    Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
    Annotatsiya: Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan
    davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga 
    qiziqtirish yo‘llari haqida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali 
    o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim. Boshlang’ich sinflarda 
    kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab- quvvatlash, yangi bosqichga 
    olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish 
    haqida ko’rsatmalar berilgan. O’quvchilarni ma’naviy yuksaltirishda kitob 
    mutolasining ahamiyati. 
    Kalit so’zlar: Ma’naviy yuksalish, tarbiya, kutubxona, ertak, hikoya, barkamol 
    avlod.
    Malumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan 
    kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi 
    to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada 
    kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish , u orqali 
    yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob 
    o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini 
    yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, 
    aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni 
    beqiyosdir. ,,Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga 
    aytilmagan bolalar yoshlikdan ota-onalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini 
    maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar orqali 
    kitob , kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda 


    alohida e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana 
    boshlaydi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq , ko’proq kompyuter 
    o’yinlari ,telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota- onalari bolalarini kitob o’qishlarini 
    xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio 
    ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir.
    Bolalarga kitob o’qitishda ularga qiziqarli bo’lgan kitoblarni tanlash muhim 
    ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlarga qiziqish bildirsa, 
    hayvonlar hayoti haqida ertaklar o’qib berish. Vaqtni ayamasdan kitob o’qib 
    berilsa, bola ham asta-sekin o’zi muntazam mustaqil tarzda kitob o’qiy boshlaydi. 
    Bolajonlarni tez- tez kutubxonaga olib boorish lozim. Bolalarda doimiy ravishda 
    kitob o’qish malakasini shakllantirish maqsadida, haftasiga hech bo’lmaganda bir 
    marta kutubxonaga olib bormoq lozim. Kitoblarni birgalikda ko’rib chiqib, 
    birgalikda tanlab, birgalikda o’qish samara beradi. Kitoblar haqida tez-tez 
    suhbatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bolalarni kitob o’qishga mehrini, 
    g’ayratini oshirmoqchi bo’lsak, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib berish, umuman 
    kitoblar va ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashib turish lozim. Hayotda 
    sodir bo’lgan haqiqiy voqealarni bolalarga ertak va hikoyalarga bog’lashga harakat 
    qilish kerak. Bundan tashqari ma’lum bir kitobning kino, multfilm ko’rinishini 
    birgalikda tomosha qilib, so’ng solishtirishi, kitob va kinodan olgan fikrlarini bilib 
    olish mumkin. Bu bolalarda nafaqat kitob mutolaasiga balki, mushohada qilishga 
    o’rgatadi, tahlil qilish qobilyatini ham oshiradi. Bolalarga tinch xona qilib berish 
    muhimdir. Bolalarni chalg’itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo’lgan o’zi 
    uchun qulay bo’lgan xona yoki burchak tashkil qilib berish. Bolalar ota-onasidan 
    namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam ravishda kitob mutolaa qilishsa, 
    boshqa oila a’zolari bilan turli kitoblar to’g’risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan 
    zavq olganligini namoyon qilsa, bolalarga o’rnak bo’lgan bo’ladi. Kitob o’qish asta 
    -sekin bolalarni sevimli mashg’ulotiga aylanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini 
    rag’batlantirish, bunda ularning qiziqishlari yanada oshadi. Ota-onalar bolalarni 
    bilan turli xil o’yinlar orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Bolalarda 
    o’zining kutubxonasini yaratishni oz bulsada kitoblarni o’qib to’ldirib borishini 


    aytish yaxshi samara beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ertak, hikoya o’qib 
    berish davomida uni eng qiziq joyida to’xtatilsa, ular keying voqealar nima 
    bo’lishiga qiziqadi va bu kitob o’qishiga yaxshi samara beradi. Bir kitobni 
    o’qigandan so’ng bolajonlar bilan rolga kirishib shu ertakni jonli ijro etish ham bir 
    qancha qiziqish uyg’otadi. Bunda bola yana sahnada yangi qahramonlar yaratish 
    uchun yangi kitoblar o’qishga kirishadi. Ertakdan so’ng ertak qahramonlarini 
    suratlarini chizish bolada yangi tasavvurlarni uyg’otadi.
    Unga o’qigan ertak kitoblaridan savol-javoblar o’tkazish hamda ularni 
    sovg’alar, shirinliklar bilan rag’batlantirish yanada qiziqishiga sabab bo’ladi. 
    Ertakni ma’lum bir joyiga kelganda to’xtatish va bolalarni davon ettirishga undash 
    lozim. Bolalarga ko’ngilochar entsiklopediyalar sotib olish. Qancha vaqt o’qish 
    kerakligini belgilash sekin-sekin qiziqishiga qarab vaqtni uzaytirish. Har bir bola 
    asta-sekinlik bilan kitobga mehr qo’ya boshlaydi .Kitob mutolasi unga zavq 
    bag’ishlaydi.
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Xalqaro 
    tadqiqotlarda 
    boshlang’ich 
    sinf 
    o’quvchilarining 
    o’qish 
    savodxonligini baholash(Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlari uchun 
    metodik qo’llanma.) Sharq nashriyoti- 2019 
    2. Sh. Mirziyoyev ,,Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
    quramiz’’T: O’zbekiston ,2017 
    3. Internet ma’lumotlari: www.ziyocom.uz 

    Download 253.07 Kb.




    Download 253.07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish nuriddinova Sabina Zafar qizi Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya

    Download 253.07 Kb.
    Pdf ko'rish