• Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Klub tashkil etish talablari
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha




    Download 3.14 Mb.
    bet1/5
    Sana13.09.2023
    Hajmi3.14 Mb.
    #81534
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maktablarda Zakovat klubi tashkil qilish yo‘riqnomasi
    10 11 чқбт тақвим режа 2022 2023 укув йили, Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org, ЯН (1), 1. Aniq integralga keltiriladigan masalalar haqida, 1- DARS, nutq o\'stirish mustaqil ish, Sport metrologiyasi Musayev B. B., Tuprоqning nаmligini аniqlаsh. , Mavzu Darsga qo‘yiladigan talablar. Dars turlari va tuzilishi, Аҳолининг санитария-эпидемиологик осойишталиги тўғрисидаги, ДАВЛАТ ҚАРЗИ ТЎҒРИСИДА ЎРҚ-836 29.04.2023, resume, Web dizayn, Ko\'chirma


    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
    Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha


    YO‘RIQNOMA


    Kirish

    Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida2022 yil 20 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Zakovat” intellektual klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.


    Ushbu qo‘llanma Xalq ta’limi vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlanib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubi (keyingi o‘rinlarda – Klub) o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, olgan bilimlarini mustahkamlash, jamoada ishlash, o‘zaro muhokamalarda samarali ishtirok etish, o‘z fikrini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ko‘proq kitoblar o‘qishga qiziqtirish maqsadlarida tashkil qilinadi.

    1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Klub tashkil etish talablari

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Klub maktab o‘quvchilarini belgilangan paytda yig‘ilgan holda turli intellektual o‘yinlarni o‘ynash va musobaqalarni tashkil qilish uchun yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun Klubda quyidagilar mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq:



    1. Klub uchun xona – klub a’zolarini yig‘ilishi, turnirlarni o‘tkazilishi uchun zarur jihozlarni saqlanuvchi joy. Maktab sharoitidan kelib chiqib, bu maqsadda alohida xona ajratilishi tavsiya etiladi

    2. Klub musobaqalari o‘tkazish uchun joy – faollar zali, sport zali, kutubxona, oshxona, kattaroqsinfxona.

    3. Klub a’zolari musobaqalari uchun stol, parta va stullar.

    4. Klub musobaqalarini o‘tkazish paytida kerak bo‘luvchi ruchka va qog‘oz.

    Yuqorida sanab o‘tilgan jihozlar Klub faoliyatini doimiy olib borish uchun yetarli. Shu bilan birgalikda Klub uchun ovoz kuchaytirgich, mikrofon, proyektorajratilishi maqsadga muvofiq.

    1. Klub koordinatori maktabdagi klub o‘z faoliyatini boshlayotgani haqida ta’lim muassasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda, pedagogik kengashlarda ma’lum qilishi va e’lonlar doskasida 1-ilovaga muvofiq e’lon berishi kerak.





    1. Download 3.14 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 3.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha

    Download 3.14 Mb.