Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 140.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana27.05.2023
Hajmi140.97 Kb.
#65502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
187-сон 06.04.2017. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida
MyFile, Mustaqil ish5, 2-topshiriq.moʻm.maxmasalayeva.yulduz, SI M 1., erkaboyev ulug\'bek, 1000words, itb 4, Mustaqil ish, 777888, IYoD amaliyot hisobot, 389 22.06.2021


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oldingi
 tahrirga qarang.
UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH
TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuniga 
muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va
izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish,
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-
yil 3-iyundagi 345-sonli 
qaroriga
 asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y.,
09/21/345/0522-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Akademik litsey diplomining davlat namunasi 
4-ilovaga 
muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi
345-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 
5-
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi
345-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi
 tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi
345-sonli 
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y.,
09/21/345/0522-son)
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun filologiya fanlari va aniq fanlar
bo‘yicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob
jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida
belgilangan darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan,
multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa — o‘qituvchilarni o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan
ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda
tasdiqlasinlar hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yaratilayotgan
o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy,
zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar;


Oldingi
 tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-
iyundagi 345-sonli 
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y.,
09/21/345/0522-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat
qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
2017-2018 o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining
tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va
belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional
ta’limning davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar
kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini,
akademik litsey va professional ta’lim muassasalari diplom, sertifikat, akademik ma’lumotnomalari
blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
6-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar
kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
7-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari 2020-yil 1-
sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda
ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan
masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Download 140.97 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 140.97 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 140.97 Kb.
Pdf ko'rish