• MUSTAQIL ISH Mavzu
  • Ekspert tizimning funktsional sxemasi.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali




    Download 37.49 Kb.
    bet1/4
    Sana31.10.2023
    Hajmi37.49 Kb.
    #92068
      1   2   3   4
    Bog'liq
    erkaboyev ulug\'bek
    MyFile, Mustaqil ish5, 187-сон 06.04.2017. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida, 2-topshiriq.moʻm.maxmasalayeva.yulduz, SI M 1., 1000words, itb 4, Mustaqil ish, 777888, IYoD amaliyot hisobot, 389 22.06.2021

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

    Axborot tizimlari va texnalogiyalari kafedrasi


    Sun'iy intellekt va neyronto'rli texnologiyalar fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Ekspert tizimlari. Mahsuliy (Продуктовый) ekspert tizimlar.
    Bajardi: 21-21 guruh
    Erkaboyev Ulug‘bek
    Tekshirdi: Ergashev Sirojiddin

    Jizzax-2023



    Reja:

    1. Ekspert tizimning funktsional sxemasi.

    2. Ekspert tizimi xususiyatlari.

    3. Bilimlarga asoslangan tizimlarni qo’llanish sohalari.

    4. Qoidalarni saqlash uchun xotira (qoidalar bazasi). Boshqaruv komponentasi.


    Ekspert tizimning funktsional sxemasi.
    Ekspertdegan so`z sizga nimani anglatadi, ekspert deb atalgan inson qanday ish-larni bajaradi? Ekspertning bajaradigan ishlarini kompyuter amalga oshira olsabiz qanday afzalliklarga erishishimiz mumkin? Bu muammolar ustida do`stlari-ngiz bilan birgalikda bosh qotiring va biror bir yechimga kelgandan so`ng qu-yidagi material bilan tanishishni davom ettiring. Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo`ljallab yaratilgan intellektual sistema ekspert Sistema-si deyiladi. Ekspert sistemalari bilimlarini to`ldirish manbai bo`lib, shu soha eks-pertlari xizmat qiladi. Barcha ekspert sistemalarning ishi konkret muammo sohasidan olingan qat’iy ekspert ma’lumotlariga asoslanadi.
    Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruhi yig`ildi: daryo bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`lgan neft dog`lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqizganini topish va ifloslanish sabab, oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bunday masalani yechuvchi ekspert sistemasi hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizil-gan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqi-mi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar ev-ristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalar oddiy qoidalar asosida emas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.
    E1 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo’lsa, u holda shu korxona neftni daryoga oqiz-gan .
    E2 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1km oraliqdagi yuqorida bir necha korxona joylashgan bo`lsa, u holda eng ko’p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga oqizgan. Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotganvariantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruv-chi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosi-da ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyi-ladi. Quyida evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng ehtimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilga-ri surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plami-ni ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin: AGAR fabrika neft qu- vurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa, U HOLDA 2 yoki 3-uchastkalarni tekshirish kerak. Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, yani ekspert aytishi mumkin.
    Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:
    • tibbiy diagnostika va davolash;
    • kimyoviy analiz va sintez;
    • molekulyar biologiya va gen injenerligi;
    • sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
    • signallarni qayta ishlash;
    • qurilmalar nosozligi diagnostikasi;
    • geologik razvedka;
    • avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
    • o`lchov sistemalari: ko`rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;
    • texnologik jarayonlarni boshqarish. ya’ni ekspert aytishi mumkin.
    Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan soha-laridan biridir. ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diag-noz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladi-gan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dastur-laridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada ma-salani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlan-magan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoi-dalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydi-gan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi. ETlarning afzal shundaki, ular bilimlar-ni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlar-ga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxas-sislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Sun'iy intellektning mashina sa-noati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifa-tini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshi-rish yaxshi natijalar bermoqda.
    Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
    • Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
    • Ishchi xotira;
    • Chiqarish mexanizmi.
    Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar to'pla-nadi, muayyan masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi xoti-rasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali olinadi. Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo’llaniladi: birin- chi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa yordam-chi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to’g’ri zanjirli fikrlash deyiladi. Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini birnechta asosiy sinflarga guruhlash mumkin: bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr qurilmalar diagnostikasi, o’qitish va hokazo.
    Tibbiyot diagnostikasi. Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ular-ni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o’rtalarida Stendford Universitetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. Ushuningdek, kengaytirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
    Prognozlash. Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquv-chi natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uollstrit egal-lash» DASTUR tizimi bozorning konyunkturasini tahlil qilib, algoritmlarning sta-tistik usullari yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilanfoydalanishingizni maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizim-larga kirmaydi, chunki oddiy dasturlash protsedura va algoritmlari qo'llanilgan-dir. Sizning mablag'ingizni bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytira-digan ETlar hali yaratilmagan bo'lsada, ob-havoni oldindan aytib beruvchi hosil-dorlik va yo'lovchilarning sonini oldinda aniqlovchi ma'lumot tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Kompyuterga oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
    Rejalashtirish. Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida Da-mashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Kompyuter topishimkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'lla-moqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foy-dalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Kompyuter tizimlarining tuzi-lishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, DEC tomo-nidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimi-ning bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli tuzilish-dagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq qilganiholda interaktiv bo’ladi. Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertningbilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.

    Ekspert tizimlardan foydalanish


    Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan ekspert, tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
    1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas.Agar siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
    2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qi-yinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda shunday bo'ladi).
    3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
    4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko'rinishga keltirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
    5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Kompyuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga “aqli” yetmasligi aniqdir.
    6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalaishda ekspaert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo’lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
    7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib bo'lmaydi.
    8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga mu-vofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
    9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa,inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
    10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga bog’liq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsizekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini ishlatgan ma'quldir.



    Download 37.49 Kb.
      1   2   3   4




    Download 37.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali

    Download 37.49 Kb.