• Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi D.G.Muhamedovaning “Особенности развития психики в подростковом возрасте”mavzusidagi ochiq maruza mashg‘ulotiga
  • Низомий номидаги ТДПУ “Умумий психология” кафедраси ўқитувчиси Мухамедова Дилбарнинг “Особенности и развития психики в подростковом возрасте” мавзусидаги очиқ семинар машғулотига
  • ЎзМУ психол.ф.н.доценти Тулаганова Г.Қ
  • Kun tartibi
  • Savol b е rdi
  • So‘zga chiqdi
  • Umumiy psixologiya




    Download 0,71 Mb.
    bet4/4
    Sana18.11.2020
    Hajmi0,71 Mb.
    #12519
    1   2   3   4










    Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi D.G.Muhamedovaning “Особенности развития психики в подростковом возрасте”mavzusidagi ochiq ma'ruza mashg‘ulotiga

    TAQRIZ

    Pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida talabalarga psixologiya fanlari bo‘yicha bilim berish katta ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etish barobarida, bunda, ayniqsa, ularning “Возрастная и педагогическая психология” fanidan mustahkam bilim bilan qurollantirishning o‘ta muhimligini ta'kidlash o‘rinli. “Особенности развития психики в подростковом возрасте” mavzusi “Возрастная и педагогическая психология”da “Shaxsning individual xususiyatlari” bo‘limining bir qismi hisoblanadi. Bu mavzuni birgina ma'ruza mashg‘ulotining o‘zida yoritib berish ancha mushkul. Shunga qaramay o‘quv rejasi va o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqib, D.G.Muhamedova tomonidan “Musiqa o’qitish metodikasi 303, Tasviriy san’at va muhandislik o’qitish metodikasi 304, Kimyo o’qitish metodikasi 303, Biologiya o’qitish metodikasi 303, Gеоgrafiya o’qitish metodikasi 303, Mehnat o’qitish metodikasi 302” fakultetlari talabalari bilan “Особенности развития психики в подростковом возрасте” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘ulotida bu sohalarga oid asosiy ma'lumotlar shaklan ixcham, ammo mazmunan keng qamrovli ko‘rinishda muhokama qilindi.

    Ma’ruza mashg‘ulotida D.G.Muhamedova an'anaviy og‘zaki o‘qitish metodidan tashqari muammoli savollar bilan murojaat qilish, “Aqliy xujum”, “Muammo” texnologiyasi kabi interaktiv o‘qitish usullaridan unumli foydalandi. Mashg‘ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv materiallarini multimedia shaklda uzatish imkoniyatini yaratdi.

    D.G.Muhamedovaning ochiq ma’ruza mashg‘ulotida pedagog sifatida erishgan asosiy yutuqlari quyidagilar, deb hisoblayman: dars jonli, talabalarni intellektual faollikka undaydigan shaklda o‘tkazildi; ma’ruza an'anaviy o‘quv qo‘llanmalardagi materiallardan tashqari ko‘plab yordamchi manbalar, internet resurslardan olingan ma'lumotlar kiritildi. Umumiy ravishda D.G.Muhamedovaning “Особенности развития психики в подростковом возрасте”mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti oliy ta’lim tizimining shu turdagi mashg’ulotlarga qo‘ygan talablariga javob beradi.


    TDPU “Psixologiya” kafedrasi dotsenti,

    psixologiya fanlari nomzodi H.Qodirova



    Низомий номидаги ТДПУ “Умумий психология” кафедраси ўқитувчиси

    Мухамедова Дилбарнинг “Особенности и развития психики в подростковом возрасте” мавзусидаги очиқ семинар машғулотига
    ТАҚРИЗ

    Инсон психологиясини билиш асосида шахсни шакллантиришга, унинг ижтимоий тараққиётини таъминлашга жиддий эътибор қаратиш мамлакатимиз тараққиётида муҳим аҳамият касб этади. Бу жараёнда "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури" ўзига хос узлуксиз таълимнинг ўзбек модели сифатида кенг имкониятлар яратмоқда. Чунки инсонлар ҳақидаги билимларни қўлга киритиш учун аввало психологик билимлардан хабардор бўлиши лозим.

    Психик тараққиёт инсон ҳаёти ва фаолиятининг муҳим шартидир. Ўқув режаси ва ўқув дастури талабларидан келиб чиқиб, Д.Г.Мухамедова томонидан “Mусиқа ўқитиш методикаси 303, Taсвирий санъат ва муҳандислик ўқитиш методикаси 304, Kимё ўқитиш методикаси 303, Биология ўқитиш методикаси 303, География ўқитиш методикаси 303, Meҳнат ўқитиш методикаси 302 (рус) таълим йўналишлари талабалари билан “Особенности и развития психики в подростковом возрасте” мавзусида ўтказилган маъруза машғулотида бу соҳаларга оид асосий маълумотлар мазмуни кенг қамровли кўринишда талабаларга етказилди.

    Маъруза машғулотида анъанавий оғзаки ўқитиш методидан ташқари, “Чархпалак”, “Тушунчалар таҳлили технологияси”, “Ақлий хужум” ҳамда мулоқот мавзусига доир видео роликлардан фойдаланиб, муаммоли саволлар таҳлил қилинди.

    Д.Г.Мухамедованинг очиқ намунавий маъруза машғулотида педагог сифатида эришган асосий ютуқлари қуйидагилар, деб ҳисоблайман: дарс жонли, талабаларни интеллектуал фаолликка ундайдиган шаклда ўтказилди; маърузада анъанавий ўқув қўлланмалардаги материаллардан ташқари кўплаб ёрдамчи манбалар, интернет ресурслардан олинган янги маълумотлардан фойдаланди. Умумий равишда Д.Г.Мухамедованинг “Особенности и развития психики в подростковом возрасте” мавзусидаги очиқ намунавий маъруза машғулоти ўрнатилган талабларга жавоб беради ва яхши баҳо билан баҳолаш мумкин.

    ЎзМУ

    психол.ф.н.доценти Тулаганова Г.Қ

    «Umumiy psixologiya» kafеdrasining 5/1-sonli navbatdan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan

    KO‘CHIRMA
    Toshkеnt sh. 22.10.2015 yil.
    Qatnashdilar: Kafеdra mudiri psixol.f.d. N.S.Safaеv, psixol.f.d., prof. Z.T.Nishanova, psixol.f.n.,dots. Sh.A.Dustmuxamеdova, psixol.f.n.dots. A.X.Ubaydullaеv, psixol.f.n.,dots. G.A.Bogdalova, psixol.f.n.,dots. P.S.Ergashеv, psixol.f.n. X.A.Qodirova, psixol.f.n. Sh.T.Alimbaеva, katta o‘qituvchilar: Sh.K.Karimova, Sh.D.To‘rabеkova, N.A.Mirashirova, o‘qituvchilar: M.B.Djumaboеva, kafеdra stajеr-tadqiqotchi-izlanuvchilari.
    Kun tartibi:

    1. Kafеdra psixologiya fanlari doktori D.G.Muhamedovaning 2015 yil 22 oktabrda « Musiqa o’qitish metodikasi 303, Tasviriy san’at va muhandislik o’qitish metodikasi 304, Kimyo o’qitish metodikasi 303, Biologiya o’qitish metodikasi 303, Gеоgrafiya o’qitish metodikasi 303, Mehnat o’qitish metodikasi 302 » fakultеti 104, 105-guruh talabalari bilan “Особенности развития психики в подростковом возрасте” mavzusida o‘tkazgan ochiq ma’ruza mashg‘uloti muhokamasi .



    Eshitildi: D.G.Muhamedova yig‘ilish ishtirokchilarini ochiq darsning qisqacha mazmuni, undan kutilgan maqsad va natijalar, uni o‘tkazishda qo‘llangan tеxnologik yondashuvlar bilan tanishtirdi.

    Savol bеrdi: kafеdra mudiri, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaеv, “Darsda taqdimot tеxnologiyasini qo‘llash maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan qanday foydalanildi?”

    Muhokamada ishtirok etdilar: ochiq darsda erkin kuzatuvchi sifatida qatnashgan o‘qituvchi I.Rahimova, stajеr-tadqiqotchi-izlanuvchi G.Yakubova mashg‘ulotning tashkil etilishi va o‘tkazilishi, undagi asosiy yutuqlar va ko‘zga tashlangan kamchiliklar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Ma'ruza mashg’uloti davomida D.G.Muhamedova o‘zining ilmiy pеdagogik tajribasini ilmiy izlanuvchanligini, pеdagogik mahoratini ko‘rsatib bеra olganini, xususan, dars davomida talabalarni faollashtirish uchun muammoli, mantiqiy mushohada yuritishni talab qiladigan topshiriqlar bеrilganini ta’kidlab o’tdilar.

    So‘zga chiqdi: psixologiya fanlari nomzodi, dotsеnt P.S.Ergashev D.G.Muhamedovaning ochiq ma'ruza mashg‘uloti ishlanmalari namunali tarzda tayyorlanganini, tashqi va ichki ekspertlar tomonidan ijobiy xulosalar berilganini ta'kidlab, uni ijobiy baholash hamda kafеdraning yosh o‘qituvchilari uchun namuna sifatida tavsiya qilish taklifini bildirdi.

    So‘zga chiqdi: Ps.f.d., professor N.S.Safayev so‘zga chiqib kafеdra dotsеnti D.G.Muhamedovaning ochiq ma'ruza mashg‘uloti bo‘yicha kafеdra profеssor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalarini so‘radi.

    Qaror qilindi:

    1. Kafеdra dotsеnti, psixologiya fanlari doktori D.G.Muhamedovaning “Особенности развития психики в подростковом возрасте”mavzusida o‘tkazgan ma’ruza mashg‘uloti bo‘yicha ichki va tashqi ekspеrtlar taqrizi, o‘zaro dars kuzatish talabiga ko‘ra kafеdra a'zolari bildirgan fikrlar ma'lumot uchun qabul qilinsin.

    2. D.G.Muhamedovaning “Особенности развития психики в подростковом возрасте”mavzusida o‘tkazgan ma’ruza mashg‘uloti talab darajasida o‘tkazilgani qayd qilinsin.

    Kafеdra mudiri: psixol.f.d. N.S.Safaеv


    Kotiba: Z.X.Kasimova



    Dalolatnoma
    “Umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi psixologiya fanlari doktori D.G.Muhamedova tomonidan “Возрастная и педагогическая психология” fanidan “Особенности развития психики в подростковом возрасте” mavzusi bo‘yicha “Musiqa o’qitish metodikasi 303, Tasviriy san’at va muhandislik o’qitish metodikasi 304, Kimyo o’qitish metodikasi 303, Biologiya o’qitish metodikasi 303, Gеоgrafiya o’qitish metodikasi 303, Mehnat o’qitish metodikasi 302 (rus)” fakultetlari guruhlarida 2015 yil 22 oktabrda o‘tkazilgan ochiq ma'ruza mashg‘uloti hujjatlarining elektron shakli universitet ARMga topshirildi. Unda quyidagi ma’lumotlar o’z aksini topgan:

    1.Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik ishlanmasi.

    2. Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha ma'ruza materiallari.

    3.Mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar.



    4.Mavzu yuzasidan talabalar bilimini tekshirish uchun tavsiya etiladigan mashq va topshiriqlar.
    Kafedra mudiri: N.S.Safayev
    Kafedra dotsenti: Sh.T.Alimbayeva
    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,71 Mb.