14. 2. Elektr xavfsizligi qoidalari
Buzmaydigan nazorat vositalarining aksariyati (defektoskoplar, qurilmalar, asboblar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ish jarayonida to‘liq yoki qisman kuchJanish ostida bo‘ladi. Shu sababli ulami ishlatish vaqtida amaldagi «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari», «Iste’mol- chilarning elektr qurilmalaridan fondalanishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga qat’iy amal qilinmog'i lozim.
1000 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan uskunalar bilan bajariladigan ishlar eng xatarli ishlar guruhiga kiradi. Eng avvalo, bu rentgen (trubkasiga) 10-400 kW va bundan katta kuchlanish uzatiladigan renten apparatlariga xizmat ko4rsatish ishlaridir. Ana shu qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan xodim- lar ulami belgilangan tartibda ishlatish yuzasidan ishlab chiqarish ta’limini o`tashlari va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan keyin tegishli guvohnoma olishlari kerak. Guvohnomada ular- ga xodimlarning malaka guruhiga muvofiq xavfsizlik texnikasidan berilgan malakasi ko‘rsatilmog‘i lozim.
Ishlab chiqariladigan barcha defektoskopik qurilmalar va asboblardagi izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar har qanday kuchlanishda ham tasodifan tegib ketishdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalanmagan simlar va elektr sxemalari korpuslar bilan ixotalanmog‘i darkor. Qurilma va asboblar korpuslari majburiy ravishda yerga ulanishi kerak. Rentgen apparatlarida 1000 V dan katta kuchlanishli zanjirlar mavjud bo'lib, bu kuchlanish rentgen trubkalariga uzatiladi.
Ulami almashtirishda, shuningdek, elektr sig‘imlari bo`lgan apparatlarni ko`zdan kechirish va oldini olish maqsadida ta’mirlashda tok uzib qo'yilib, sig‘imlardagi qoldiq zaryad ulami yerga ulagichga zaryadsizlagan holda yo‘qotilmog‘i lozim. Rentgen apparatlarini boshqarish pultlari oldiga izolatsiyalovchi rezina poyandozlar to`shalishi zarur.
Elektr qurilmalarining nosozligi va tok o‘tkazuvchi qismlarning izolatsiyasi shikastlanishi tufayli o'tkazgichlar qizishi hamda uchqunlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa yonib ketishga sabab bo‘ladi. Elektr qurilmalaridagi yong4inni o‘chirishdan oldin ular tarmoqdan uzib qo‘yilmog‘i darkor. Uncha katta boimagan alanga karbonat kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan o'chirilishi mumkin. Bunday o‘t o'chirgichlar bilan yonayotgan, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirsa bo‘ladi, chunki karbonat angid- rid elektr tokini o‘tkazmaydi. lshlami bajarish chog‘ida amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yong'in xavfsizligining namunaviy qoidalari» ga, shuningdek, tarmoq yong4in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong'in xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
|