Umumta’lim maktab o’quvchilarida siyosiy kompentensiyalarni shakllantirish yo’llari Xalqaro baholash dasturlari ( talis) ularni amalda qo‘llay olish Reja




Download 17.66 Kb.
Sana27.02.2024
Hajmi17.66 Kb.
#163519
Bog'liq
8-maruza, pp
Munira 1, Tarjimai xol Zaniyev Asliddin (2), 10-sinf-bio-olimpiada, AREAL CLASSIFICATION OF THE LANGUAGE, GENEOLOGICAL CLASSIFICATION OF, 1. Tema Internet tarmag’I haqqainda tu’sinik. Internet sistemas-fayllar.org, 1. Boshqaruv hisobining nazariy asoslari-fayllar.org, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Multimedia nima -fayllar.org, Strategik rejalashtirish U.Xolmuratov , 7-mavzu Parallel ishlov berish vositalari, Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ 21,12,2023, EMMT mustaqil ta'lim, 1-mustaqil ish

Umumta’lim maktab o’quvchilarida siyosiy kompentensiyalarni shakllantirish yo’llari Xalqaro baholash dasturlari ( TALIS) ularni amalda qo‘llay olish
Reja:
1 Bolalarni himoya qiladigan xalqaro tashkilotlar faoliyati.
2 Mamlakatimizda yoshlar tashkilotlari faoliyati mazmuni.
3 Siyosiy jarayonlarni tashkil etishda tarbiya treninglarini ahamiyati
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. Ta’limga kompetensiyaga asoslangan yondashuv g’oyasi yaqinda dunyo pedagogika fanida faol rivojlanmoqda. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni shakllantirishning dastlabki shartlari zamonaviy dunyoning o’zgargan voqeligi va kasbiy faoliyatning funktsional mazmuni bilan moslashuvchan ravishda bog’langan mutaxassislarni tayyorlash uchun paydo bo’lgan ijtimoiy tartib edi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor - 355 - yo’nalishida umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish vazifalari belgilib berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o’zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarni o’zlashtirilgan axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo’llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi. Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini baholash, zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar. Kompetensiya so’ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan, «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»da kompetensiya so’zi quyidagicha izohlanadi: kompetensiya (lot. competo – erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba. “Kompetensiya” atamasi keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo’llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Lotincha“ campetere”-muvofiq bo’lmoq so’zidan kelib chiqqan. Shunga muvofiq Kompetensiya – bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir deb ta’riflasak bo’ladi. U bilim mahsuli bo’lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniklab ham, baxolab ham bo’lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo’lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo’llash natijasida namoyon bo’ladi. Tadqiqotlardan birida YUNESKO davlatlari maktab o’quvchilarining o’quv qobiliyatlari va kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha ekspert guruhi “ta’lim monologik tarzda bo’lishi davom etmoqda, buning natijasida bola o’quv jarayonida o’qituvchining vazifalarini hal qiladi va uning shaxsiy motivlari va o’quv maqsadlari pedagogik muloqot doirasidan tashqarida qoladi “[1] - 356 - Zamonaviy amerikalik pedagog-tadqiqotchi U.Glasser fikriga ko’ra: “Agar maktab dasturlari bolaning hayotiy tajribasiga hech qanday tarzda mos kelmasa, unda o’quv motivatsiyasi rivojlanmaydi. O’quv jarayoni murakkablashib borar ekan, faqat motivatsiya bolaga qiyin mavzularni yengishga yordam beradi, ammo u yo’q ekan, bolalar muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Maktab bolalar hayotiy tajribasi va kuzatishlari asosida o‘z fikrlarini ochiq ifoda eta oladigan joy bo‘lishi kerak. Maktab tomonidan bola dunyosiga bo’lgan qiziqishi ularda qoniqish hissini uyg’otadi” [2]. S.T.Shatskiyning taʼkidlashicha, oʻqituvchi oʻquvchilarning hayotiy tajribasini chuqur bilgan va shu asosda ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish orqali oʻquv jarayonini samarali tashkil etish mumkin: “Oʻqituvchi birinchi navbatda oʻquvchilar tajribasini aniqlashi, keyin uni tizimlashtirishga yordam berishi va shundan keyingina yangi bilimlarni bolalarning mavjud bilimlari bilan bog’lab taqdim etishi kerak”[3]. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, hozirgi zamon maktab o’qituvchisining kasbiy bilimdonligi va qobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi: ijtimoiy, uslubiy va ixtisoslik bilimdonligi hamda bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq, tashkilotchilik, obro’ orttira olish, to’g’ri muloqot qila olish, kelajakni ko’ra bilish va diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari kiradi. O’qituvchi o’zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etishi mumkin. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostguylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, kamtarligi, ma’naviyati va madaniyati, ma’rifatliligi o’quvchilari, bo’lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoni. 2. Abdujalilova S. A., Qorayev S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The Formation Of Students’ Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020. 3. Тилакова М., Қораев С. (2020). Ўқувчилар креативл
Download 17.66 Kb.




Download 17.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumta’lim maktab o’quvchilarida siyosiy kompentensiyalarni shakllantirish yo’llari Xalqaro baholash dasturlari ( talis) ularni amalda qo‘llay olish Reja

Download 17.66 Kb.