|
Unicon-soft
|
Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #137796 |
Bog'liq (lotin)Qurilma bo\'yicha yo\'riqnoma (ijrochi) (2)
“UNICON-SOFT” MCHJ
Ijro.gov.uz tizimida himoyalangan
apparat qurilmasidan foydalanish bo’yicha
Y O’ R I Q N O M A
Call-markaz xizmati: 71 200 46 46
Ma’sul hodim: Rahimberdiyev Muzaffar (97 429 33 77)
Saydikarimov Xurshid (94 931 52 77)
2021 yil
Ijro.gov.uz tizimida himoyalangan apparat qurilmasidan
foydalanish tartibi.
Himoyalangan apparat qurilmasi (fleshka ko’rinishida) (keying o’rinlarda qurilma) yordamida ijro.gov.uz tizimiga kirish, shu bilan birga elektron hujjatlarni elektron raqamli imzo yordamida imzolash vazifasini amalga oshiradi.
Qurilma drayverini kompyuterga o’rnatish
Qurilmalar qabul qilingandan so’ng, avval kompyuterga qurilma drayveri o’rnatiladi. Qurilma drayveri Unicon-Soft MCHJ tomonidan qurilmalar bilan birgalida taqdim etiladi. Drayver 3 ta fayldan iborat bo’lib, uni kompyuterga o’rnatish uchun HyperPKI_ePass2003_Setup.exe nomli fayl ustiga bosiladi.
(1-rasm)
1-rasm
O’rnatish jarayonida til so’raladi. Ro’yxatdan ingliz tili tanlanib, “OK” tugmasi bosiladi. (2-rasm)
2-rasm
“OK” tugmasi bosilgandan so’ng quyidagi oyna ochiladi va bu oynada “Next” tugmasi bosiladi. (3-rasm)
3-rasm
Keyingi oynada “Browse” tugmasi yordamida drayver o’rnatiladigan joy tanlanadi va “Next” tugmasi bosiladi. (4-rasm)
4-rasm
Keyingi oynada “Install” tugmasi bosiladi (5-rasm)
5-rasm
“Install” tugmasi bosilgandan so’ng drayver kompyuterga o’rnatiladi va brouzerda avtomatik ravishda drayver sahifasi ochiladi. Sahifadan chiqib ketiladi va keying oynadan “Finish” tugmasi bosiladi. Shu tarzda qurilma drayverini o’rnatish tugatiladi. (6-rasm)
6-rasm
UzCrypto modulini o’rnatish
Ijro.gov.uz tizimida qurilma bilan ishlash uchun “UzCrypto” moduli kerak bo’ladi. Ushbu modulni app.ijro.uz tizimiga kirish sahifasida “uzcrypto yuklab olsih” tugmasi yordamida yuklab olinadi. (7-rasm)
7-rasm
Yuklab olingan fayl ochilganda quyidagi oyna ochiladi. Ushbu oynada “Подробнее” tugmasi bosiladi. (8-rasm)
8-rasm
“Подробнее” tugmasi bosilganda oynaning quyi qismida “Выполнить в любом случае” tugmasi hosil bo’ladi va ushbu tugma bosiladi. (9-rasm)
9-rasm
Keyingi qadamda quyidagi oyna ochiladi va ushbu oynada “Запустить Uzcrypto” tugmasi bosiladi. (10-rasm)
10-rasm
UzCrypto moduli ishga tushadi va ekranning o’ng-quyi qismida UzCrypto belgisi aks etadi. (11-rasm)
11-rasm
Ijro.gov.uz tizimiga himoyalangan apparat qurilmasi yordamida kirish
Qurilma drayveri va Uzcrypto moduli kompyuterga o’rnatilgandan so’ng ijro.gov.uz tizimiga qurilma yordamida kirish mumkin bo’ladi. Buning uchun Tizimga kirish sahifasidagi “Эри орқали кириш” tugmasi bosiladi. Qurilma kompyuterga ulanadi (kompyuter USB portiga joylanadi). Kompyuter qurilmani o’qiydi va sahifada qurilmaga bog’langan hodim ma’lumotlari ko’rsatiladi.
(12-rasm)
12-rasm
Ochilgan ma’lumot ustiga bosilganda quyida “kirish” tugmasi hosil bo’ladi va qurilma parolini kiritish (qurilma paroli kadrlar bo’limi hodimi tomonidan beriladi) oynasi ochiladi. Oynadagi maydonga berilgan parol kiritiladi va “OK” tugmasi bosiladi. (13-rasm)
13-rasm
“OK” tugmasi bosilganda hodim ijro.gov.uz tizimidagi o’z profiliga kiradi.
|
| |