• Radiografik plyonkalarning asosiy xarakteristkalari
  • Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: Apparatura va materiallar Nazorat qilish texnologiyasi




    Download 463,99 Kb.
    bet4/13
    Sana16.01.2024
    Hajmi463,99 Kb.
    #138966
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    3-Unit

    Radiografik plyonkalar.Ular o‘tgan ionlovchi nurlanishni qayd qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan rentgen plyonkalari hossalari va vazifasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi (3.3-jadval): ekransizlar fluoressent ekranlarsiz yoki metall kuchaytiruvchi ekranlar bilan foydalanish uchun va ekranli plyonkalar fluoressent kuchaytiruvchi ekranlarni qo‘llanib foydalaniladigan plyonkalar. Birinchi guruhga RT-5, RT-4, RT-3, RT-1 plyonkalari kiradi; ikkinchi guruhga RT-2, RM-1, RM-2 va RM-3 plyonkalar kiradi. Plyonkaning asosiy xarakteristikalari spektral sezgirlik, kontrastlik va ajrata olish qobiliyati hisoblanadi.


    3.3-jadval
    Radiografik plyonkalarning asosiy xarakteristkalari

    Plyonka turi

    Sezgirlik,R-1

    Kontrastlik koeffitsenti

    Ajrata olish qobiliyati,
    mm-1

    Ekransiz

    RT-1

    50 – 60

    3,5

    68 – 73

    RT-1

    20 – 30

    3,9

    80 – 110

    RT-1

    9 – 12

    3,5

    110 – 140

    RT-1

    3 – 5

    3,5

    140 – 180

    Ekranli

    RT-1

    350

    3,0

    73 – 78

    RT-1

    300

    3,0

    73 – 78

    RT-1

    400

    2,8

    78

    RT-1

    300

    2,7

    78



    Plyonkaning spektral sezgirligi bir xil ekspozitsion doza bilan turli xil energiya nurlanishlari bilan nurlantirgandan so‘ng ochiltirilganda uning turli xil qorayish zichliklarini olish qobiliyati (Q) bilan belgilanadi. Amalda Q bir xil qorayish zichligini olish uchun zarur bo‘lgan ionlovchi nurlanish dozasiga teskari kattalik bilan ifodalanadi: Q = 1/R yoki R-1.
    Plyonkaning optimal spektral sezgirligiga rentgen trubkasidagi kuchlanish 50 – 110 kV bo‘lganda erishiladi.
    Plyonkaning qorayish zichligi D tushyotgan yorug‘lik ravshanligi h0 ning plyonka orqali o‘tgan yorug‘lik ravshanligiga nisbatining logarifmiga teng: hp: D= lg (h0/hp)
    Buyumlarni rentgen yoki gamma-nurlanish bilan nurlantirganda D ning eng optimal qiymatlari 1,8 – 2,2 oraliqda yotadi, ya’ni eng yaxshi spektral sezgirlikni D ning aynan shu qiymatgalarida olish mumkin.
    KontrastlikDqorayishzichligi ortirmasining nisbiy ekspozitsiya vaqti ortirmasiga nisbatidan iborat. Qorayish zichligining optimal (qulay) qiymatlarida (D = 1,2  2,2) ekranli plyonkalarning kontrastligi 2,5  3 oraliqda, ekransiz plyonkalarniki 2,5  4,5 oraliqda yotadi.
    Ajrata olish qobiliyati plyonkaning yaqin joylashgan nuqsonli uchastkalarni alohida qayd qiluvchi xossasini belgilaydi. Miqdoriy jihatdan bu tavsif (xarakteristka) uzunligi 1mm (mm-1) bo‘lgan uchastkada seziladigan bir xil qalinlikdagi shtrix chiziqlar soni bilan baholanadi.



    Download 463,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 463,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: Apparatura va materiallar Nazorat qilish texnologiyasi

    Download 463,99 Kb.